Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha muammolar, yangi tashabbus va vazifalar muhokama qilindi

"Sardoba universal klaster" masʼuliyati cheklangan jamiyati dala maydonida suv resurslaridan oqilona foydalanish, sohaga yangi va tejamkor texnologiyalarni joriy etish tadbirlariga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi.

Unda viloyat hokimi, tumanlar hokimlari, ularning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, irrigatsiya sohasi mutaxassislari, klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Dastlab viloyatidagi mavjud dala maydonlarida joriy etilgan suv tejovchi texnologiyalar, yomg‘irlatib, tomchilatib va diskret usulda sug‘orish, yerlarni lazerli tekislash usulining ahamiyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi. Ushbu yo‘nalishda istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar, ariq va kanallarni betonlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan tadbirlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Qayd etilishicha, viloyat bo‘yicha kelgusi yil hosili uchun ekilgan 5,5 ming gektar g‘alla maydonida yomg‘irlatib, shuningdek, 5,5 ming gektar paxta maydonida tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish ishlari boshlab yuborilgan. Ishtirokchilar "Sardoba universal klaster"ning yomg‘irlatib sug‘orish tizimi joriy qilingan g‘alla maydoni, tomchilatib sug‘orilayotgan issiqxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.

Soha mutaxassislari tomonidan bu yerda foydalanilgan texnologiyalarga tasnif berib, nasos va filtrlarni qish mavsumida saqlash bo‘yicha tushuntirish berildi. Suvni iqtisod qilish maqsadida ichki irrigatsiya tarmoqlarini betonlashtirish, individual suv taqsimlash va o‘lchash qurilmalarini qurish tavsiya etildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish