Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Guliston, Yangiyer va Shirin shaharlarida jamoat transportidan foydalanish uchun yangi tariflar belgilandi

Viloyat hokimining tegishli qarori asosida yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishni rag‘batlantirish va avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini rivojlantirishga alohida urg‘u berilgan.

Unga ko‘ra, jamoat transportidan foydalanish uchun yo‘lkira narxlari naqd va bank to‘lov kartalari orqali to‘langanda 2 000 so‘m, to‘lov transport kartalari (ATTO) orqali amalga oshirilganida 1 500 so‘mni tashkil etadi.

Yo‘lovchilar ATTO transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansalar yo‘l haqi uchun 1 000 so‘m to‘laydilar. Bir soat davomida yo‘lovchilar avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marotaba maʼlum bir manzilga harakatlanishi esa mutlaqo bepul bo‘ladi.

Shuningdek, yo‘lovchilar uchun kunlik, haftalik, oylik va yillik tarif rejalari ham taklif etiladi. Ularni sotib olishda imtiyozli foydalanuvchilar uchun 50 foiz chegirma beriladi. Bu tariflarda belgilangan vaqt davrida cheksiz marta qatnov amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish