Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryo-Xitoy hamkorligi: muloqotdan - amaliy harakatga

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Raximjon Boboyev va Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov Xitoyning Ant New Energy Technoligy kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Yuzma-yuz muloqotda joriy yilning 14-21 noyabr kunlarida viloyat rasmiylari va tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga safari davomida erishilgan dastlabki kelishuvlar muhokama qilindi.

Kompaniya bosh direktori Yan Jin Lyang Yangiyer erkin sanoat zonasi hududida litiy-ionnlik akkumulyator ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi. Uchrashuvda, shuningdek, kompaniyaning Xitoydagi mavjud loyihalari, ishlab chiqarish quvvatlari taqdimot qilindi. Yakunda hamkorlikda olib boriladigan saʼy-harakatlar rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish