










Yillar silsilasida toblangan bugungi Qonliko‘lda yangi hayot, yangi imkoniyat eshiklari ochilmoqda. Bu yerda keyingi ikki yilda aholi kundalik hayot tarzi uchun muhim bo‘lgan sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan ishlar ko‘lami oshgan. Qayd etish lozimki, hudud obodligi, el farovonligi yo‘lidagi islohotlarda sirdaryoliklar ham faol qatnashayotir.
Viloyatimiz vakillari tomonidan mahalliy masʼullar bilan hamkorlikda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy holati, salohiyati va imkoniyatlari o‘rganib chiqildi.
Qonliko‘l asosan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan hudud ekanligini inobatga olib, yangi yerlarni o‘zlashtirish, suv olib kelishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayni kunga qadar 358 kilometr irrigatsiya tarmoqlari va kollektorlar tozalandi. 2 ta yangi nasos stansiyasi ishga tushirilib, 53 gektar yer maydoni o‘zlashtirildi.
Shuningdek, bog‘dorchilik, polizchilik, chorvachilik, issiqxona xo‘jaliklari tashkil etish borasida ham salmoqli ishlar bajarildi. Jumladan, Arzimbetqo‘m, Qosjap, Qonliko‘l va Janaqala OFYlarda yashovchi "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarga 1 sotix yer maydonida issiqxona qurib berildi. Shu orqali, 100 ta xonadonning uy sharoitida qo‘shimcha daromad olish imkoniyati yaratildi.
Arzimbetqum OFYda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 20 ming dona manzarali va mevali ko‘chatlar hamda 3,5 million dona qalamchalar ekilib, 5 gektar maydonda Sirdaryo-Qonliko‘l “Do‘stlik bog‘i” barpo etildi. Eʼtiborlisi, bog‘ qator oralariga qovun ekilishi qoraqalpoq diyorida qovunchilikda “Sirdaryo tajribasi”ni keng ommalashuviga xizmat qilmoqda.
Ushbu ishlarning uzviy davomi sifatida Madaniyat OFYda ikki xalqning tarixiy orzu-intilishlarini o‘zida uyg‘unlashtirgan, qurilish arxitekturasi jihatidan zamonaviy va milliy meʼmoriy yechimga ega “Sayxun va Jayxun" maʼnaviyat va maʼrifat maskani bunyod etildi. Chekka mahallalarda zamonaviya hammomlar qurildi. Yangi quvurlar tortilib, ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi. Taʼmirtalab ko‘chalarga qum-shag‘al aralashmasi yotqizildi.
Sirdaryolik tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan sanoat va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida qiymati 573,9 milliard so‘mlik dastlabki 14 ta loyiha shakllantirildi.
Tuman aholisining ijtimoiy muhofazasi ham nazardan chetda qolgani yo‘q, albatta. Ushbu toifadagi oilalar uchun turli madaniy tadbirlar, sayohatlar uyushtirish bilan birga, ularni viloyatimizdagi sihatgohlarda sog‘lomlashtirish choralari ko‘rildi. Qisqacha qilib aytganda yordam ko‘rsatish ko‘lami keng. Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Ayni kunda viloyatimiz vakillari — viloyat rahbari Akmaljon Maxmudaliyev, tuman va shahar hokimlari, tadbirkor-fermerlar, madaniyat va sanʼat xodimlari, nuroniylar hamda bir guruh yoshlar Qanliko‘l tumanida bo‘lib turibdi.
Tashrifning birinchi kuni davomida mahallalarda turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yetti xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
“Jayxun” o‘yingohida "Yangi O‘zbekistonda madaniyatimiz va do‘stligimiz abadiy bo‘lsin" shiori ostida bo‘lib o‘tgan konsert dasturida madaniyatlar birlashdi deyish mumkin. Konsert avvalida qonliko‘llik yoshlar yetakchilariga faoliyati davomida foydalanish uchun Sirdaryo ahli nomidan tuhfa sifatida umumiy qiymati 100 million so‘m bo‘lgan noutbuk, ovoz kuchaytirgich va sport anjomlari tantanali topshirildi. El suygan sanʼatkorlarining xalqlarimiz do‘stligini tarannum etuvchi chiqishlari, dilrabo kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Viloyatimiz vakillarining Qoraqalpog‘istonga safari davom etmoqda.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi