Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Ayol – jamiyat ko‘zgusi

Shirin shahrida xotin-qizlarning faolligini oshirish, maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida “Ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida bir qator qiziqarli tadbirlar tashkil etildi.

300 nafardan ziyod xotin-qizlarni qamrab olgan tadbirlar “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostidagi velomarafon bilan boshlandi. Shuningdek, kun davomida “Milliy liboslar – millat ko‘zgusi” nomli konferensiya, “AslMed” xususiy tibbiyot klinikasi, “Bravo shirinliklari” qandolatchilik korxonasiga biznes-sayohat, “Siz yangi qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorina bo‘lib o‘tdi.

Jarayonlarda faol qatnashgan ishtirokchilar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish