


Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Sirdaryo tumanining Sholikor mahallasi hududidagi “Mehnat” bolalar yozgi oromgohi negizida bunyod etilayotgan majmua loyihasi bilan tanishdi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda mahalliy byudjet mablag‘lari evaziga yangicha qiyofa kasb etadigan oromgoh 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, foydalanishga topshirilgach, yil davomida bolajonlarning miriqib hordiq chiqarishi va sog‘lomlashtirilishiga xizmat qiladi.
Qariyb 6 gektar maydonda barpo etilayotgan majmuaning yangi loyihasida zamonaviy to‘garak xonalari, Axborot-resurs markazi, maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlar uchun amfiteatr, tibbiyot maskani, suzish havzasi, sport maydonchalari, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 5 ta yotoq binosi, oshxona va yuvinish xonalari o‘rin olgan.
Loyiha bilan tanishish jarayonida viloyat rahbari foydalanilayotgan qurilish materiallarini hudud iqlim sharoitidan kelib chiqib tanlash, qurilish ishlarini jadallashtirish, bunda daraxtlarga zarar yetkazmaslik va mavjud yashillikni saqlab qolish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi