Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Mahalla tizimi xodimlari taqdirlandi
Bugun yasharish va yangilanish, mehr-oqibat ayyomi — Navro‘z tantanalari yana bir shodiyonaga ulanib ketdi.

Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Guliston shahridagi “Farovon” tantanalar uyida bayram tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev ishtirok etib, hayotini mahallaga bog‘lagan, aholining tinchligi va farovonligi yo‘lida mehnat qilayotgan barcha masʼullarni kasb bayrami bilan qutladi.

Mahalla obod bo‘lsa – yurt obod bo‘ladi. Mahallada o‘zgarish bo‘lsa, butun jamiyat o‘zgaradi. Shu sababli so‘ngi yillarda xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik vazifasini bajaradigan o‘ziga xos noyob tuzilma — mahallaga eʼtibor katta. Davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbusi bilan mahallani chinakam xalqchil idoraga aylantirish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlar safarbar etilayotganligi taʼkidlandi.

Shundan so‘ng bir guruh faollarga davlat mukofotlari, “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni, sihatgohga yo‘llanma hamda esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.

Tadbir doirasida bayram dasturxoni yozildi va dilrabo taronalar ijro etilib, yig‘ilganlarga o‘zgacha ko‘tarinkilik va bahoriy kayfiyat ulashildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish