Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 2022 yil davomida 27 229 ta oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2022 yil davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan 27 229 nafar fuqaroga 14 milliard 73 million 669 ming so‘mlik turli ko‘rinishdagi yordamlar ko‘rsatildi.

Xususan, viloyatda "Temir daftar" va "Ayollar daftari"da turuvchi, ehtiyojmand, kam taʼminlangan, boquvchisini yo‘qotgan, yakka-yolg‘iz fuqarolarning 12 892 nafariga 2 milliard 924 million 675 ming so‘mlik kundalik isteʼmol mahsulotlari, 970 nafariga 3 milliard 391 million 611 ming so‘mlik dori-darmon vositalari, salomatligida muammosi bo‘lgan 4 178 nafar fuqaroga 3 milliard 956 million 580 ming so‘mlik, 9 189 nafariga oilaviy ehtiyojlari uchun 3 milliard 800 million 803 ming so‘mlik moddiy yordamlar berildi.

Birgina 2022 yilning dekabr oyini o‘zida ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan 26 nafar fuqaroga un mahsulotlari, sog‘lig‘ini tiklash uchun dori-darmon vositalari ko‘rinishidagi 91 million 100 ming so‘mlik yordamlar ko‘rsatilgan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish