Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasi rasmiylaridan iborat delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda Shensi provinsiyasi va Sirdaryo viloyati o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, taʼlim, tibbiyot, logistika va boshqa qator sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini chuqurlashtirish, xususiy sektorni faol qo‘llab-quvvatlash, xorijiy sarmoya va texnologiyalarni keng jalb etishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

Shuningdek, so‘ngi yillarda viloyatimizda xitoylik ishbilarmonlar tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmi va qo‘shma korxonalar soni ko‘paygani, Sirdaryo tumanidagi yirik ishlab chiqarish korxonalarini o‘z ichiga olgan qator muvaffaqiyatli loyihalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Shensi provinsiyasining xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik xalq jamiyati Yevroosiyo bo‘limi boshlig‘i Lyan Feng o‘z navbatida, viloyat rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda bugungi uchrashuvda muhokama etilga masalalarni amaliyotga tatbiq etish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishga tayyorligini bildirdi.

Yakunda ikki tomon ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida samarali sheriklikni rivojlantirishga kelishib olindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish