Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Navbatdagi sayyor qabul Oqoltin tumanida o‘tkazildi

Aholi bilan faol va ochiq muloqot olib borish maqsadida bugun viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev boshchiligida viloyat sektor rahbarlari va tegishli masʼullar ishtirokida Oqoltin tumanidagi madaniyat markazida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Unda Oqoltin va Mirzaobod tumanidan kelgan 50 nafarga yaqin fuqaroning ichki yo‘llar taʼmiri, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti, tibbiy xizmat, uy-joy va moddiy yordam masalalariga oid murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarning 35 tasi shu yerning o‘zida qanoatlantirildi. Yechimi qo‘shimcha vaqt va mablag‘ talab etadigan 5 ta murojaat yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Baʼzilari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, hal etish choralari ko‘rildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish