Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda "Hech kim mehr va eʼtibordan chetda emas" shiori ostida xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda
Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida barcha fuqarolar, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga bir xil imkoniyatlar amal qiladigan jamiyatni barpo etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning samarasi o‘laroq ushbu toifadagi aholining o‘zlarini yolg‘iz his etmasligi, zarur bilim va kasb-hunarlarni egallab, barcha soha va tarmoqlarda faol ishtirok etishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi, madaniy ehtiyojlarini taʼminlashi uchun kerakli imkoniyatlar yaratildi.

BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan eʼlon qilingan Xalqaro nogironlar kuni butun dunyoda 3 dekabr kuni nishonlanadi.

Sirdaryo viloyatida ham 30 noyabrdan 30 dekabrga qadar "Mehr-muruvvat oyligi" eʼlon qilingan. Mazkur oylik doirasida viloyatda istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Xususan, bugun viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev hamda sektor rahbarlari Sirdaryo tumanida bo‘lib, 71-sonli yordamchi maktab-internatida taʼlim-tarbiya olayotgan o‘quvchilar, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida davolanayotgan xotin-qizlar hamda “Kamolot” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar oldi.

Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi yordamchi maktab internatida ayni vaqtda 222 nafar imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim-tarbiya olmoqda. Bu yerdagi bolajonlarga samimiy mehr ko‘rsatilib, bayram sovg‘asi sifatida issiq kiyim-kechaklar tarqatildi.

Shuningdek, muassasada o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishilib, masʼullarga bino va inshootlardagi kamchiliklar, xususan yoritish tizimini yaxshilash choralarini ko‘rish topshirig‘i berildi.

“Muruvvat uyi”da vasiylikka olingan 260 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar holidan xabar olinib, ularga ham sovg‘alar ulashildi.

Shundan so‘ng, masʼullar “Kamolot” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan uchrashdi. Samimiy muloqot davomida nogironligi bor fuqarolarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida so‘z bordi. Shuningdek, ularni ijtimoiy muhofaza qilish, muammolarini bartaraf etish borasida ko‘plab imtiyozlar joriy etilgani alohida taʼkidlandi.

Tegishli mutasaddilar oldiga xotin-qizlarning jismoniy imkoniyatini hisobga olgan holda kasbga yo‘naltirish, uy sharoitida daromad olishlarini taʼminlash, tikuv mashinasi, elektr pech va boshqa zarur anjomlar uchun subsidiya ajratish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi.

18 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ro‘zg‘or buyumlari va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat homiylik yordami ko‘rsatildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish