Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayyor qabul: aholi bilan ochiq muloqot
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev va sektor rahbarlari ishtirokida aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, mavjud muammolarini aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida Sayxunobod va Sirdaryo tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

“Baxmal” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida yuzga yaqin ziyod fuqaroning qishloq infratuzilmasi, kadastr, ichimlik suvi taʼminoti, ichki yo‘llar taʼmiri, subsidiya ajratish, tibbiy xizmat, bandlik va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlari mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘rganib chiqildi.

Har bir murojaat diqqat bilan eshitilib, 73 tasi joyida ijobiy hal etildi. 25 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Bartaraf etish uchun vaqt va mablag‘ talab etiladigan 2 ta murojaat bo‘yicha muddat belgilangan holda ijrosi nazoratga olindi.

Shu yerning o‘zida "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yigit-qizlarning 14 nafariga motokultivator, kompyuter jamlanmasi, tikuv mashinasi, elektr payvandlash va inkubator uskunalari tantanali ravishda topshirildi.

Qabul yakunlangach mahalla idora binosida tashkil qilingan tikuvchilik sexida ishlayotgan qishloq ayollari va mahalla masʼullari bilan suhbat qilindi.

Shundan so‘ng Akmaljon Maxmudaliyev sayyor qabulda ko‘tarilgan muammolar bilan shaxsan tanishish maqsadida "Oydin yo‘l" ko‘chasiga bordi va aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Ularning ichki yo‘llar, ichimlik suvi taʼminoti, eskirgan elektr simyog‘ochlar bo‘yicha muammolarini bartaraf etish yuzasidan masʼullar belgilandi.

Mahallada joylashgan 22-sonli umumtaʼlim maktabi ham nazardan chetda qolmadi. Bu yerda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik, sinf xonalaridagi sharoit ko‘zdan kechirildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish