
Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boshqaruvi, uning Sardoba tuman bo‘limi huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan, ijtimoiy ahvoli og‘ir, yordam va moddiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan 50 nafar fuqaroga xalq deputatlari tuman Kengashining qaroriga asosan 156 million 800 ming so‘mlik yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, Prezidentimizning 2022 yil 25 maydagi "Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori, unda belgilab berilgan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida, fondning tuman bo‘limi tomonidan tuman hududida istiqomat qilayotgan, "Temir daftar" ro‘yxatiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir ahvoldagi 59 ta oilaning 221 nafar aʼzosining har biriga, 20 kilogrammdan, jami 4420 kilogramm miqdoridagi, 22 million 900 ming so‘mlik un mahsulotlari mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari, sektor rahbari vakillari hamrohligida yetkazib berildi.
- Biz bu bilan cheklanib qolmaymiz, - deydi “Mahalla”xayriya jamoat fondi Sardoba tuman bo‘limi bosh mutaxassisi Murodim Bultakov. - Maqsad, aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yordam ko‘rsatish. Bu boradagi ishlarni yil davomida amalga oshirib, xalq deputatlari tuman kengashi aʼzolarining maslahati, ular tomonidan chiqarilgan qarorlar asosida amalga oshiramiz.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi