Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Aholini roʻyxatga olish qaysi manbalar  hisobidan moliyalashtiriladi?

Xorij davlatlari tajribasidan maʼlumki, aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish koʻp mehnat va mablagʻ talab etadi. Buning uchun tadbirni moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirib olish ham muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Yurtimizda 2023-yilda oʻtkaziladigan aholini roʻyxatga olish tadbirlarini moliyalashtirish, Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasiga muvofiq, Davlat byudjeti mablagʻlari va qonun bilan taʼqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.

Moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va boshqa masʼul idoralar hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolari va tender hujjatlarini rasmiylashtirish natijalari boʻyicha aniqlanadi.

Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarini olish va eʼlon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.

Maʼlumot tariqasida, 2010-yilda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish tadbirlariga sarflangan xarajatlar qiymati oʻrtacha aholi jon boshiga Tojikistonda 1,31 AQSH dollarini, Qirgʻizistonda 1,12 AQSH dollarini, Ozarbayjonda 1,03 AQSH dollarini, Moldovada 2,15 AQSH dollarini, Rossiya Federatsiyasida 3,81 AQSH dollarini tashkil etgan.

Viloyat Statistika boshqarmasi 
Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish