Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda «Agro marafon» o‘tkazildi

Sirdaryoda bog‘ barpo etib, isiqxonalar qurib, qishloq xo‘jaligi sohasida ham faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar soni ortib bormoqda. Ayniqsa, bu sohaga yoshlarning qiziqishi yuqoriligi quvonarli holdir.

Bu borada muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar juda qo‘l kelayapti. 

Mirzaobod tumanida tashkil etilgan “Agro marafon” yosh fermerlar hamda qishloq xo‘jaligiga qiziqadigan o‘g‘il-qizlarga batafsil tushuncha berish va yuqori natijalarga erishib kelayotgan agrotadbirkorlar bilan tajriba almashishga qaratildi. Tadbirda 250 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etib, “Mirzaobod Universal CLUSTER”da olib borilayotgan ishlar, bu yerdagi zamonaviy texnologiyalar va hayotga tatbiq etilishi rejalartirilayotgan yangi loyihalar bilan tanishishdi. Tajribali mutataxassislardan tavsiya va maslahatlar olishdi.

Shuningdek, yoshlarga tashkilotchilar tomonidan motivatsion trening darslari o‘tkazildi. Unda yosh fermerlar va fermerlikka qiziquvchilarning bilim va ko‘nikmasini oshirish, faoliyatlari davomida duch kelayotgan to‘siqlar hamda muammolarni o‘rganish va samarali yechim topish bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar, huquqiy tushunchalar berildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish