Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev Guliston tumani hokimi lavozimiga Begimqulov Saydimqul Shoyimqulovich nomzodini Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tavsiya etdi.
S.Begimqulov 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan va shu yillar davomida viloyatning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishda samarali faoliyat yuritgan.
2012 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi Sirdaryo viloyati filiali direktori lavozimida ishlab kelgan.
Sessiyada deputatlar tavsiya etilgan nomzod haqida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Deputatlar reglamentga muvofiq Guliston tuman hokimi lavozimiga Begimqulov Saydimqul Shoyimqulovichning nomzodini bir ovozdan ma’qulladilar.
Shuningdek, sessiyada tuman sektor rahbarlarining ham faoliyatlari qayta ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, tumani prokurori lavozimiga Sangirov Dilshod Muhammadovich, IIB boshlig‘i etib Ibragimov Shodiyor Usmonovich, tumanning Davlat soliq inspeksiyasi boshliqliig‘i lavozimiga esa Farsaxanov Xasan Nabijon o‘g‘li tayinlandilar.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi