Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda — yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanishi belgilangan.

Shuningdek, Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2667, 17.04.2015 y.) 27-bandiga muvofiq homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlikning o‘ttizinchi haftasidan boshlab hududiy ambulator-poliklinikalarning, akusher-ginekolog (umumiy amaliyot shifokori) tomonidan bosh shifokor o‘rinbosari bilan birgalikda bir yo‘la bir yuz yigirma olti kalendar kuniga berilishi nazarda tutib o‘tilgan.

Ushbu yo‘riqnomaning 28-bandiga muvofiq homiladorlikning o‘ttizinchi haftasidan keyin murojaat qilinganda tug‘ishga qadar necha kun qolganidan qat’i nazar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi murojaat qilgan kundan to‘liq bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, ta’tilga chiqish xodimning huquqi bo‘lsa, ish beruvchining majburiyati hisoblanadi. Agar ish beruvchi bu majburiyatini bajarmasa, unga nisbatan ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 20-moddasiga binoan fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.

Yuqoridagilarga asosan, rahbarning talabi to‘g‘ri, Sizning turmush o‘rtog‘ingiz belgilangan muddatda homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqishi lozim.

Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir.

Iste’mol krediti o‘z faoliyati natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga beriladi.

 Iste’mol krediti quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish uchun berilishi mumkin:

-uy xo‘jaligi, kompyuter texnikasi, radioelektronika va elektr jihozlari;

-mebel va boshqa maishiy buyumlarni sotib olish;

-O‘zbekiston hududida tibbiy-profilaktika muassasalarida, dam olish maskanlarida, dam olish uylarida davolanish uchun putyovka sotib olish;

-tantanalar (nikohlar, yubileylar)ni o‘tkazish;

-xususiy avtomobillarni ta’mirlash va boshqalar.

 Kredit hajmi, muddati, foiz stavkasi, to‘lovlarni amalga oshirish grafigi iste’mol krediti shartnomasida aks ettiriladi.

 Kredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- kredit ajratish haqida ariza;

- pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;

- qarz oluvchining daromadlarini tasdiqlovchi ish joyidan beriladigan ma’lumotnoma yoki qarz oluvchining daromadlari miqdorini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

- kreditni qaytarishni ta’minlovchi hujjatlar (masalan, jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolati, mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi, kredit qaytarilmasligi riskini sug‘urtalash haqidagi sug‘urta polisi).       

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-son qaroriga ilova sifatida qabul qilingan “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bobida subsidiya olish uchun ariza berish tartibi belgilab berilgan bo‘lib, unga ko‘ra:

shahar va qishloq joylarda qurilgan birlamchi bozordagi uy-joylarni sotib olishga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YAIDXP)da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tishi belgilangan.

Shuningdek, o‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi yoki ma’lumotlarni taqdim etadi:

  1. a) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami ma’lumotlari;
  2. b) oila a’zolarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami ma’lumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to‘liq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzandlar mavjud bo‘lgan taqdirda) va (yoki) farzandlar tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar mavjud bo‘lgan taqdirda) nusxalari;
  3. v) belgilangan tartibda nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi to‘g‘risida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati to‘g‘risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda);
  4. g) doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa);
  5. d) doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo‘yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa);
  6. ye) Ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (qo‘shimcha daromadlar bo‘lsa soliq deklarasiyasi).

Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani uning oila a’zolari berishi mumkin.

Davlat xizmatlari markazi va YAIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ariza beruvchilarga to‘lovlarsiz amalga oshiriladi.

Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza berish muddati yilning 1 martidan 1 oktyabrgacha etib belgilanadi. Ushbu muddat tugagandan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

 Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali taqdim etiladigan hujjatlar va ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.

 YAIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda ariza beruvchi anketa-arizaga asosan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zi kiritishi zarur.

Tadbirlar taqvimi
Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish