Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Munis va moʻtabar xotin-qizlarga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatildi
Tadbirkorlar va hunarmandlar markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

Guliston shahri markazidan oqib oʻtuvchi “Doʻstlik” kanalining boʻyi qisqa fursat ichida oʻzgacha chiroy, oʻzgacha koʻrinish kasb etdi. Hudud obodonlashtirilib, soʻlim xiyobon tashkil etildi. Bu yerda shuningdek, tadbirkorlikka qiziqqan insonlarga huquqiy maslahatlar berish, biznesini boshlashiga koʻmaklashish, yoshlarga hunar oʻrgatishni yoʻlga qoʻyish va turli mahsulotlar koʻrgazmasini oʻtkazishga moʻljallangan Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi yangidan bunyod etildi.

Bugun ushbu markaz binosida goʻzallik va nafosat bayrami 8-mart—Xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida samarali mehnat qilayotgan, nafaqat faoliyati bilan balki hayot tarzi bilan boshqalarga ibrat, namuna boʻlayotgan bir guruh xotin-qizlar, sektor rahbarlari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev yurtimizda xotin-qizlar manfaati yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida toʻxtalib oʻtdi va dilbar ayollarni bayram bilan qutladi.

Taʼkidlandiki, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida xotin-qizlarning hayotdagi oʻrni va nufuzini oshirish, manfaatlarini himoya qilish, orzu-istaklarini roʻyobga chiqarish, jamiyatimizning teng huquqli, faol aʼzosi sifatida oʻzini namoyon etishlari uchun yaratilayotgan keng shart-sharoitlar, olib borilayotgan siyosat va chora-tadbirlar dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ham tan olinmoqda.

Davlat va jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan opa-singillar, munis onaxonlar, tadbirkor xotin-qizlarning samarali mehnati qadrlanib, ularning tashabbsukorligi va oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, kelajagimiz egalarini ona Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat milliy qadriyatlarimizga cheksiz hurmat ruxida tarbiyalashdagi xizmatlari ham alohida eʼtirof etilmoqda.

Xususan, Prezidentimizning joriy yil 5-martdagi farmoni bilan 6 nafar xotin-qiz davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlandi. Bayram arafasida ikki nafar isteʼdodli, izlanuvchan qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga, 13 nafar xotin-qiz “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoniga sazovar boʻldi.

Bayram tadbiri toʻkin, serfayz dasturxon atrofida davom etdi. Ona, tinchlik, bahor, mehr-muhabbat va sadoqatni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar barchaga bir olam quvonch ulashdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish