Dastavval press-tur ishtirokchilari Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xodimlari hamrohligida tumandagi 11- umumiy o‘rta taʼlim maktabida bo‘lishib, 2022 yilda qayta mukammal taʼmirlangan, 640 o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan umumiy o‘rta taʼlim maktabi, unda taʼlim olayotgan 707 nafar o‘quvchi uchun yaratilgan shart-sharoit, o‘quv jarayonlari, erishilayotgan natijalar bilan tanishtirildi.
Eʼtiborlisi, dars soatlari belgilangan o‘quv dasturlari asosida olib borilyapti. Sportning shaxmat turi, uning sir- asrorini o‘rgatish nafaqat jonli raqib, balki kompyuterda ham o‘rganish imkoniyati yaratilgan. Bu esa, sportning shaxmat turi ommalashishiga, ishtirokchi o‘quvchilar orasidan tuman, viloyat miqyosida o‘tkazilgan tanlovlarda ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etadigan o‘quvchilar sonining ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, ushbu maktabda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan "Vatan tayanchi" harakati faoliyati bilan ham tanishtirilib, ushbu harakat sabab o‘quvchilarda o‘qish intizomi yaxshi tomonga o‘zgarib, o‘quvchi-yoshlardan tuzilayotgan otryadlar tomonidan harbiy-vatanparvarlik, o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar amalga oshirilayotgani, bu esa ijobiy natijani ko‘rsatayotgani qayd etildi.
Keyingi manzil "Al-Xorazmiy izdoshlari", "Yosh biologlar", "I love English", “Algoritm”, "Qiziqarli matematika", "Yengil atletika", “Shaxmat” kabi fan va sport to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘ygan 1-umumiy o‘rta taʼlim maktabi bo‘ldi.
Umumiy quvvati 690 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan umumiy taʼlim maktabida dars soatlari 2 smenada tashkil etilgan bo‘lib, ayni vaqtda 1319 nafar o‘g‘il -qiz taʼlim olyapti. Quvonarli tomoni, darslar 1-sinfdan 11-sinfgacha har bir fan doirasida ochiq darslar tarzida olib borilyapti.
Tadbir davomida umumiy taʼlim maktabining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan musiqiy chiqishlar, xor va teatr jamoalari tomonidan esa Said Ahmadning “Ufq” romanidan parcha namoyish qilindi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi