Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Veb-saytda joylashtiriladigan ma’lumot va axborotlar turlari va axborotni taqdim etuvchi mas’ullar

Sirdaryo viloyati va tuman, shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishi majburiy bo‘lgan ma’lumot va axborotlar
RO‘YXATI

Rasmiy veb-saytda joylashtiriladigan ma’lumot va axborotlar turlari

Ma’lumot va axborotni taqdim etuvchi mas’ul

Mahalliy ijro etuvchi xokimiyati organining xuquqiy maqomini, shu jumladan uning tarkibiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasi, vazifalari va funksiyalarini belgilaydigan normativ-xuquqiy xujjatlar

Viloyat hokimligi yuridik xizmati boshlig‘i

Maxalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan qabul qilingan normativ-xuquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar. Tadbirkorlik sub’yektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalarini, shu jumladan, tartib-taomillar, davlat xizmatlarini va xizmatlarning boshqa turlarini ko‘rsatish muddatlari va qiymatini tartibga soluvchi hujjatlar (cheklangan holda tarqatiladigan va tijorat siri mavjud bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno)

Viloyat hokimligi yuridik xizmati boshlig‘i,
Devonxona bosh mutaxassisi

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga taalluqli yangi qabul qilingan normativ-xuquqiy hujjatlar (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga)

Viloyat hokimligi yuridik xizmati boshlig‘i

Jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish tug‘risidagi hujjatlar

Kotibiyat mudirlari, guruh rahbarlari

Mahalliy ijro etuvchi xokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Viloyat hokimligi yuridik xizmati boshlig‘i

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi faoliyati sohasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumat hamda davlat organlari, ho‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan dasturlar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar

Axborot-tahlil guruhi, kotibiyat mudirlari

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarining bo‘lajak va o‘tkazilgan ommaviy tadbirlari (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kundalik faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotlar

Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Kotibiyat mudirlari,
guruh rahbarlari

Amalga oshirilishida mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi ishtirok etadigan halkaro shartnomalar to‘g‘risidagi axborotlar

Hokimning investisiyalar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning holatini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Axborot-tahlil guruhi, kotibiyat mudirlari

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi, uning tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Ishlar boshqarmasi, kotibiyat mudirlari

Bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Tashkiliy-nazorat guruhi

Rasmiy veb-saytning axborot materiallaridan foydalanishda unga havolalar majburiy ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi talab

Axborot xizmati

Mahalliy ijro etuvchi xokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyixalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Viloyat hokimligi yuridik xizmati boshlig‘i,
devonxona bosh mutaxassisi

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi tomonidan tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari (komissiyalar, kengashlar, qo‘mitalar va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Kotibiyat mudirlari,
guruh rahbarlari

Majlis kun tartibi loyihalari, shuningdek, sana, vaqt, o‘tkazish joyi va ularda qatnashish tartibi ko‘rsatilgan holda ochiq majlislar o‘tkazish rejalari

Tashkiliy-nazorat guruhi

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi rasmiy veb-saytda joylashtirish zarur deb hisoblaydigan boshqa umumiy foydalani-ladigan axborotlar va ma’lumotlar

Axborot xizmati

Saytdan foydalanish, shuningdek, saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo‘yicha yo‘riqnoma

Hokimning davlat tili bo‘yicha maslahatchisi, axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasiga investisiya kiritish uchun qaror qabul qilish uchun zarur bo‘ladigan statistik va boshqa axborotlar

Hokimning investisiyalar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati tomonidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalari amalga oshirilganda ular tomonidan ushbu davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitali, davlat ulushi, har chorak va yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, ish o‘rinlari soni, boshqaruv va nazorat organlari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (cheklangan holda tarqatiladigan va tijorat siri mavjud bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno)

Ishlar boshqarmasi, kotibiyat mudirlari,
guruh rahbarlari

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, biografik ma’lumotlar va ular bilan bog‘lanish ma’lumotlari, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish kunlari shuningdek soatlari)

Ishlar boshqarmasi, devonxona

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi va uning bo‘linmalarining (shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘linma-larining) telefon raqamlari va manzilli rekvizitlari (pochta, elektron manzili va boshqalar), ularning ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar berish xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari, kirish yo‘llari, to‘xtash joylari va jamoat transporti raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Tashkiliy-nazorat guruhi

Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan shakllar va blankalar, shuningdek boshqa axborot (bank rekvizitlaridagi, manzillardagi va shu kabilardagi), shuningdek, davlat organlari, ho‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi xokimiyati organining erkin ko‘chirish uchun statistika hisoboti

Axborot tahlil guruhi,
kotibiyat mudirlari,
guruh rahbarlari

Yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari, shikoyatlari davlat organlari va ho‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olishga so‘rovlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotlar

Ishlar boshqarmasi, devonxona

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining faoliyati to‘g‘risidagi tahliliy ma’ruzalar va axborot tusidagi sharxlar, yil choragi va yillik xisobotlar, shuningdek tarmoqning holati to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar

Axborot-taxlil guruhi

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi rahbarlarining rasmiy nutqlari va bayonotlari matnlari

Axborot xizmati

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining statistik axborotlari

Axborot-taxlil guruhi

Internet tarmog‘idagi boshqa tegishli
veb-saytlarga va O‘zbekistan Respublikasi-ning Hukumat portaliga havolalar

Axborot xizmati

Teskari aloqa qilish imkoniyatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning xisobotlari, xatlari, arizalari, shikoyatlarini mahalliy ijro etuvchi xokimiyati organining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olishga so‘rovlari va murojaatlarining boshqa shakllarini qabul qilish (elektron raqamli imzodan foydalanishga karab)

Ishlar boshqarmasi, devonxona

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining matbuot xizmati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (mas’ul xodimlar bilan aloqaga kirishish to‘g‘risidagi ma’lumotlar)

Axborot xizmati

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati

Kotibiyat mudirlari,
guruh rahbarlari

“Elektron davlat xizmatlari” va “Ochik ma’lumotlar” alohida bo‘limlari

Axborot xizmati,
axborot-tahlil guruhi

Elektron pochta orkali hamda e’lonlar va yangiliklarni yetkazib berishning ommaviy avtomatlashtirilgan formatlari (shu jumladan, SMS yuborish yuli bilan) orkali rasmiy veb-saytni yangilashga yozilish imkoniyati

Axborot xizmati

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining “Elektron hukumat” tizimida qatnashishi, uning roli va qatnashishi xususiyati, shuningdek ushbu sohada amalga oshiriladigan tadbirlar (qanday davlat xizmatlari ko‘rsatiladi, qanday ma’lumotlar ayirboshlanadi va shu kabilar) to‘grisidagi ma’lumotlar

Hokimning iqtisodiyot bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyati

Aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining tez-tez beriladigan savollariga javoblar

Ishlar boshqarmasi, devonxona

 

Izoh: Rasmiy veb-saytga ma’lumot va axborotlar viloyat hokimligi Axborot xizmati tomonidan joylashtirilib boriladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish