Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Tig‘iz kun tartibi, 4 ta hudud va 10dan ziyod obyektga tashrif
Viloyat hokimi Yangiyer shahri, Mirzaobod, Xovos va sirdaryo tumanlarida bo‘lib, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek, maktablarni qurish hamda taʼmirlash borasidagi ishlar holatini o‘rgandi.

 

Tanishuv Mirzaobod tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasidan boshlandi. Ayni paytda mahallada 1,8 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan tik quduq, suv minorasi va 1,8 km ichimlik suvi tarmog‘i tortilmoqda. Qurilish ishlari yakunlangach shu hududdagi 540 ta xonadon toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari ushbu hududdagi 15 va 25-maktablarda ham rekonstruksiya ishlari olib borilyapti.

Viloyat rahbari qurilish-montaj ishlarining borishi bilan tanishdi. Barcha jarayonlarni jadallashtirish va qurilish ishlarini sifatli bajarishga alohida eʼtibor qaratish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berdi.

Yangiyer shahridagi "Yangi O‘zbekiston" massivi hududida ham 180 o‘rinli maktabgacha taʼlim tashkiloti va 990 o‘rinli maktab binolari qurilishi boshlangan.

Xovos tumanida istirohat bog‘i va Coworking markazi binosi, Xovosobod mahallasida 2,5 km ichimlik suvi tarmog‘i qurilyapti, Gulbahor mahallasida 7-sonli, Sharqobod mahallasidagi 3-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlari mukammal taʼmirdan chiqarilyapti.

Mazkur obyektlarda qurilish, rekonstruksiya, mukammal va joriy taʼmirlash ishlari belgilangan grafikdan ortda qolayotganini qattiq tanqid qilindi.

Shuningdek, Sirdaryo tumanida 4 ta maktab, 1 ta oilaviy poliklinikada rekonstruksiya, joriy va mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Orzu mahallasida esa 120 o‘rinli yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi qad rostlayapti.

Akmaljon Maxmudaliyev 19 va 37-maktablarda qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Bu boradagi ishlarni sifatli yakunlash yuzasidan masʼullar oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish