Viloyat hokimi Mirzaobod tumanida maktab va bog‘chalardagi qurilish jarayonlari, Oqoltin tumanida ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasidagi ishlarni o‘rgandi.
Mirzaoboddagi 2, 24 va 34-maktab hamda 12-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotidagi qurilish, rekonstruksiya, mukammal va joriy taʼmirlash ishlari belgilangan grafikdan ortda qolayotgani qattiq tanqid qilindi.
Quruvchi kompaniya vakillariga barcha jarayonlarni jadallashtirish, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratish kerakligi aytildi va zarur ko‘rsatmalar berildi.
Oqoltin tumani markazidagi ko‘p qavatli uylarda tajriba sifatida joriy etilayotgan lokal isitish tizimi loyihasi Yangi davr mahallasidagi 1-uy misolida taqdimot qilindi.
Tegishli mutaxassislar tomonidan tarmoqning imkoniyatlari, quvvati va boshqa ko‘rsatkichlari tahliliy bayon qilinib, amaliyotda ko‘rsatildi.
Loyihaning foydali ish koeffitsiyenti yuqoriligi, gazni tejash ko‘rsatkichi 50 foizga tengligi hisobga olinsa, isrofdan holi va iqtisodiy jihatdan ahamiyatli ekanligi alohida taʼkidlandi. Qolaversa, tizimning xavfsizlik nuqtai nazaridan ham bir qator afzalliklarga egaligi ayni muddaodir.
— "Inson qadri uchun", degan g‘oyaning hayotdagi amaliy ifodasiga guvoh bo‘lib turibmiz, – deydi Jumagul Mixliyeva. — Butun isitish tarmoqlarimiz yangilandi. Endi qishda qiynalmaymiz. Amalga oshirilgan ishlardan qo‘shnilarimiz ham juda xursand. O‘tgan yillar mobaynida o‘zimiz, har kim o‘z bilganicha turli isitkichlardan foydalangan holda, qiynalib uyimizni isitib, qishni o‘tkazardik. Hammasi ortda qoldi.
Viloyat hokimi ushbu tajribani tuman bo‘ylab ommalashtirish zarurligini aytdi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi