Tumanning Ittifoq mahallasida yashovchi Doniyor Abdullayev oilaviy biznes sifatida asalarichilikni yo‘lga qo‘yganiga bir necha yil bo‘ldi. Yetti xazinaning biri bo‘lgan bu tarmoq xonadon sohibiga mo‘may daromad keltirmoqda. Yil boshidan buyon 200 dan ziyod asalari oilasi bozorga chiqarildi.
Prezidentimizning Sayxunobodga tashrifidan so‘ng «mahalla yettiligi» tomonidan tadbirkorga oilasi negizida asalarichilik markazini tashkil qilish taklifi bildirildi.
Bugun “Agrobank” va Xalq bankining 600 million so‘m homiylik mablag‘i hamda tadbirkorning 400 million so‘m sarmoyasi hisobidan yiliga 12 tonna asal ishlab chiqarish va qadoqlash quvvatiga ega “Sayxun asal mahsuloti” asalarichilik markazi ish boshladi.
Ittifoq va unga qo‘shni mahallalarni qamraydigan bu markazda quti va jihozlar ishlab chiqarish, asalni qadoqlab, eksportga yuborish, kooperatsiya shaklida xonadonlarga jihoz va asalari oilalari yetkazib, aholiga asalari boqishni nazariy va amaliy jihatdan o‘rgatish ishlari tashkil qilinadi.
Buning uchun yangi bino zamonaviy jihozlanib, Polsha, Rossiya va Xitoydan eng ilg‘or texnologiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, ishlab chiqarish dastgohlar keltirilib o‘rnatildi. Eng muhimi, 10 nafarga yaqin ishsiz yoshning bandligi taʼminlandi.
Markaz ochilishida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, tuman sektor rahbarlari, mahalla yettiligi, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi