Daryo bo‘yidagi ekoturistik maskanda o‘tgan anjumanda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmaljon Nuriddinov, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi Isfandiyor Latipov, Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibrohim Valixo‘jayev, uyushmaning viloyatlardagi bo‘limlari rahbarlari, rassomlar, tasviriy sanʼat yo‘nalishidagi taʼlim muassasalarining mutaxassis va o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tadbirni Ibrohim Valixo‘jayev kirish so‘zi bilan ochib, anjumandan ko‘zlangan maqsad viloyatdagi rassomlar ijodi bilan yaqindan tanishish, rassomlar o‘rtasida ijodiy tajriba va fikr almashish, o‘zaro muloqotni kengaytirishdan iborat ekanligini taʼkidladi.
Anjumanda, shuningdek, viloyatdagi rassomlarni qo‘llab-quvvatlash, ular ijodini targ‘ib qilish borasidagi ishlar xususida ham so‘z yuritildi. Mo‘yqalam ahlining jamiyatimizda maʼnaviyatni yuksaltirishga xizmat qiladigan ijodiy loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi