Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda “Mening bog‘im” bo‘yicha 11 ta loyiha g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonda ilk bor “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilishga qaratilgan “Mening bog‘im” loyihasi bo‘lib o‘tdi. Tashabbuskorlar 10 iyundan 20 iyungacha “Ochiq byudjet” portalida yashil parklar va yashil jamoat parklarini tashkil qilishga oid takliflarini qoldirdi.

Takliflarni saralash 20 iyundan 23 iyungacha, ovoz berish 23 iyundan 3 iyulgacha o‘tkazildi. Takliflarga 53 mingdan ortiq ovoz berildi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha 11 ta loyiha g‘olib deb topildi. G‘olib bo‘lgan mazkur loyihalarni moliyalashtirish uchun 2,8 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish