Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda g‘alla o‘rimiga kirishildi

Joriy mavsumda viloyatda 85 ming gektar maydonda boshoqli don yetishtirildi. Mirishkor fermerlar davlat shartnomasi asosida 676 ming tonna don topshirishni reja qilishmoqda.

Yetishtirilgan g‘alla hosilini qisqa muddatlarda sifatli o‘rib-yig‘ib olish maqsadida 128 ta otryadlar shakllantirilgan bo‘lib, mazkur otryadlarga 252 ta yuqori unumli kombayn va 850 ta yuk avtomobillari biriktirildi.

Bugun Sardoba tumani dalalarida g‘alla o‘rimiga kirishildi. Unda sektor rahbarlari, masʼul tashkilot va korxonalar vakillari, fermerlar va nuroniylar ishtirok etdi. Yig‘ilganlar yurtimiz tinchligi, elimiz farovonligi, dehqonchiligimiz barokotini tilab duo qilishdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish