Qadrli maktab bitiruvchilari!
Sizlarni maktab taʼlimini muvaffaqiyatli tugatganingiz bilan chin yurakdan muborakbod etaman.
Qayd etish kerak, mamlakatimizdagi islohotlar yo‘li hali juda uzoq va oson emas, ammo sizlarga ushbu o‘zgarishlarning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lish imkoniyati berilmoqda. Aminmanki, sizning g‘oyalaringiz va intilishlaringiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida albatta o‘z ifodasini topadi.
Shunday bois izlanish va bilim olishdan aslo to‘xtamang. Oldingizga qo‘ygan maqsadlar sari intiling. asosiysi, shunday kasbni tanlangki, kelajakda ushbu ish sizga quvonch va zavq bag‘ishlasin.
Bilingki, sizni yaxshi ko‘radigan, doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyor ota-onangiz, o‘qituvchilaringiz va, albatta, Prezidentingiz bor.
Aziz o‘g‘il-qizlarimiz, katta hayot yo‘lingizda omad yor bo‘lsin! Sizlarga ishonamiz!
Hurmat bilan, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi