Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun nishonlandi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan bugun Guliston shahrida tantanali tadbir tashkil etildi.

Dastlab Islom Karimov shoh ko‘chasi bo‘ylab ulkan bayroq askarlar ko‘magida keng yoyilib "Yurt bayrog‘i" maydonigacha bo‘lgan masofaga olib borildi. Ushbu jarayonni viloyatimiz aholisi va mehmonlari, keksa-yu yosh zavq bilan, vatanparvarlik hissi yana-da jo‘sh urgan holda kuzatib bordilar.

"Yurt bayrog‘i" maydonida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy qutladi. Konsert dasturi esa barchaga bayramona ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish