Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida 1 850 ta holatda 673,2 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan. Shundan yozma ko‘rsatmalarga asosan 1 270 ta holatda 53 gektar yer maydonlari fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda davlat zaxirasiga qaytarildi. Qolgan holatlar bo‘yicha noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan sudlarga daʼvo arizasi kiritilgan.
Shuningdek, monitoringlar davomida 214 ta holatda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat qilmaslik holatlari aniqlangan va ularga nisbatan Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 68 prim 1 moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shuni alohida qayd etish kerakki, yer nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ular maxsus planshet bilan taʼminlandi. Endi aniqlangan qonunbuzilishi holati va uni bartaraf qilingunga qadar bo‘lgan jarayon bevosita real vaqt rejimida ortiqcha qog‘ozbozliklarsiz amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, viloyatda UZKAD dasturi orqali 360 ming gektar yer maydonining elektron xaritasi yaratilgan. Shundan 326 ming gektar yer maydoni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi taʼminlangan.
Bundan tashqari, fuqarolarning DXM va YAIDXP orqali berilgan arizalariga asosan 9 909 ta kadastr pasporti rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 12 400 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hamda mulk va ijara huquqi asosida jami 54 gektar bo‘lgan 753 ta bo‘sh yer uchastkalari auksion savdo maydonchasiga chiqarilgan.
Matbuot anjumanida OAV vakillari, jurnalistlar, blogerlar shu va boshqa yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Savol-javoblardan so‘ng soha xodimlarining ish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi