Har bir murojaat tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqilib, qabul davomida hal etilishi mumkin bo‘lganlariga amaliy yechimlar belgilandi. Qolgan murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish uchun soha mutaxassislariga yo‘naltirildi.
Qabuldan so‘ng aholi murojaatlari bilan ishlashning bugungi holati sohalar hamda hududlar kesimida muhokama qilinib, bu borada ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Joriy yilning 6 oyida hududlarda murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 foizga ortgani, ularni qanoatlantirish darajasi 50 foizga ham yetmayotgani qayd etildi.
Akmaljon Maxmudaliyev odamlarni viloyat hokimi qabuliga kelib murojaat qilishga majbur etayotgan muammolarni mahallaning o‘zida bartaraf qilish mumkinligini taʼkidladi.
Buning uchun tizimli muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni mahallaning o‘zida bartaraf etish choralarini ko‘rish, takroriy murojaatlarning oldini olish, tuman va shahar hokimlari bir haftada bir kunni anʼanaviy tarzda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilishga ajratishi, shuningdek, aholi sektor rahbarlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tunu kun murojaat qilishi uchun “Telegram” messenjerida alohida bot tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
Joylarda barcha darajadagi rahbarlar quyi tizimga tushib, aholi ehtiyojlari va talablari asosida ishlashi, bu borada masʼuliyatni oshirish zarurligi qatʼiy uqtirildi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi