Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi Xitoyning ITG GROUP korporatsiyasi vakillarini qabul qildi

Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Xitoyning ITG GROUP korporatsiyasi vitse-prezidenti Fan Dan boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashdi. Muloqot davomida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha takliflar, yangi loyihalar ko‘rib chiqildi.

Korporatsiyaga 1980 yilda asos solingan bo‘lib, logistika, ulgurji savdo, investitsiya, ko‘chmas mulk va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha Xitoyda yetakchi hisoblanadi.

Maʼlum qilinishicha, investorlar viloyat hududida Xitoy tajribasi asosida paxta xomashyosini qayta ishlashdan to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan qiymat zanjirini yaratish bo‘yicha yirik investitsiyaviy loyihani amalga oshirishni maqsad qilgan.

Viloyat hokimi hududda yengil sanoat rivoji uchun muhim bo‘lgan mazkur loyihani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. Yakunda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini o‘rganib chiqish maqsadida tomonlar ishchi guruh tuzish va birgalikda ish tashkil qilish bo‘yicha kelishib oldi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish