Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Tadbirkorlar oldida turgan muammolarni hal etishning muhim yo‘nalishlari belgilab olindi
Viloyat hokimligi "Qabullar uyi"da mahalliy eksportchilar, yirik ishlab chiqarish korxonalari hamda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari oldida turgan dolzarb muammolar yechimi hamda viloyatning eksport salohiyatini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlashga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, viloyat prokurori Savid Imatov, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Xatamov, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, kommunal xizmat tashkilotlari va tijorat banklari rahbarlari, shuningdek, tuman, shahar hokimlari va tadbirkorlar qatnashdi.

Muloqot chog‘ida viloyat hokimi eksport faoliyatini samarali rag‘batlantirish Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlardan biri ekani, shu jihatdan xususiy biznes vakillari bilan tashkil qilinadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar ushbu sohaning hozirgi holatini o‘rganish va uni takomillashtirish bo‘yicha istiqbolli takliflarni ishlab chiqishda eng samarali vosita sifatida qaralayotganini taʼkidladi.

Davra suhbati davomida tadbirkorlar ishlab chiqarish va eksport faoliyati jarayonida duch kelinayotgan dolzarb masalalarni bildirib o‘tdi. Shuningdek, yechimi eksport salohiyati va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning o‘sishiga yordam beradigan tizimli muammolar atroflicha muhokama etildi.

Mavjud bo‘lgan ishlab chiqarishni kengaytirish, to‘liq qiymat zanjirlarini yaratish, savdoning yangi yo‘nalishlarini o‘zlashtirish va yangi istiqbolli xorijiy bozorlarga chiqish orqali eksport hajmini oshirishga alohida urg‘u berildi.

Bildirilgan takliflardan kelib chiqib, ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar bilan muntazam ravishda joylarga borib, muayyan korxonalar kesimida ahvolni o‘rganish va ularni oldida turgan muammolarni hal etishning muhim yo‘nalishlari belgilab olindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish