Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Kadastr agentligi viloyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasida Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdushukur Abdullayev va viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev ishtirokida tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Kadastr agentligi direktori buyrug‘iga ko‘ra, Ruziqulov Shavkat Norbayevich agentlikning Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani eʼlon qilindi.

Shavkat Ruziqulov mazkur tayinlovga qadar Respublika aerogeodeziya markazi xo‘jalik hisobidan shartnomalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgandi.

Yig‘ilishda, shuningdek, sohaga oid viloyatdagi mavjud holat tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi, bir qator muhim vazifalar belgilandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish