“Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi”da “Nafosat” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda milliy va zamonaviy qadriyatlar uyg‘unligida liboslar loyihalari va to‘plamlarini yaratayotgan dizayner xotin-qizlar qatnashdi.
Qayd etish kerak, tanlovning tuman va shahar bosqichlariga tavsiya qilingan 120 nafar tikuvchi dizaynerlarning tayyorlagan eskiz hamda kombinatsiyalari hududiy komissiyasi tomonidan o‘rganilib, viloyat bosqichiga 46 nafari tavsiya qilindi.
Viloyat hakamlar hayʼati tomonidan 46 nafar ayol dizaynerning mahorati ko‘rib chiqilib, shundan 7 nafari tanlov g‘olibi deb topildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Sayxunobod tumanidan Gulhayo Shokirovaga, 2 -o‘rin Oqoltin tumanidan Dilnoza Sariyeva va Sardoba tumanidan Nafisa Qorayevalarga, 3-o‘rin Guliston shahridan Komila Saidova, Yangiyer shahridan Muhabbat Turdialiyeva hamda Boyovut tumanidan Gulnoza Hotamovalarga nasib etdi.
Guliston tumanidan Dilrabo Eminjanova tanlovda oliy o‘ringa sazovor bo‘ldi.
G‘oliblar diplom, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi