Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Akmaljon Maxmudaliyev prezident topshirig‘iga ko‘ra boyovutlik otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qildi

Davlatimiz rahbari 8-may kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olgani, boyovutlik otaxon bilan suhbatlashib, uning iltimosiga binoan otaxonga uy sovg‘a qilmoqchiligi maʼlum bo‘lgandi.

Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev prezident topshirig‘idan so‘ng, otaxonga uy sovg‘a qildi.

101 yoshli otaxon O‘skan ota Hojimanov ayni paytda davolanayotgani bois, kechaning o‘zida xonadon uning kelini va nabiralariga topshirildi. Shuningdek, hokim bugun gospitalda ham bo‘lib, otaxonni tabrikladi, yangi xonadon hujjatlari va kalitini berdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish