Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
“Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi

Bugun erta tongdan 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan harbiylar, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari Guliston shahridagi Xotira maydoniga jam bo‘ldi.

Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yilib, bugungi tinch va osuda kunlar uchun jonini fido qilganlar xotirasi yodga olindi.

Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev ibratli umr yo‘lini bosib o‘tgan keksalar, mehnat faxriylari bilan suhbatlashdi. Ularni bayram bilan tabrikladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish