Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
“Sayxun yigitlari” sovrindorlar safida

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Bu yil yettinchi bor tashkil etilayotgan festivalda YUNESKO, TURKSOY, Yevropa ittifoqi singari nufuzli xalqaro tashkilotlar, Buyuk Britaniya, Tailand, Yaponiya kabi mamlakatlardan faxriy mehmonlar ishtirok etmoqda. 40 dan ortiq davlatdan 150 ga yaqin ishtirokchi va folklor, milliy xalq o‘yinlari va tomosha sanʼati muxlislari tashrif buyurgan. 

Kuni kecha ochiq osmon ostidagi sanʼat bayramining eng yaxshi folklor-etnografik jamoalari nomi maʼlum bo‘ldi. 

Unga ko‘ra, “Sayxun yigitlari” jamoasi milliy xalq o‘yinlari va tomosha sanʼati yo‘nalishida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 1 ming 500 dollar miqdoridagi pul mukofoti, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Sovrindorlarga, shuningdek, maxsus diplom, sertifikat va xalqaro festival statuyetkasi topshirildi. 

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish