Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Yangiyerlik o‘quvchilar g‘olib

Umumiy o‘rta taʼlim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va sanʼatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Turon” maktab teatri respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tanlovning tuman va shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar bahslashdi. Jamoalarning o‘z maktabi haqidagi maʼlumotlari, madaniyat va sanʼat bo‘yicha savollarga javoblari va sahna ko‘rinishlari soha mutaxassislaridan iborat hakamlar hayʼati tomonidan baholandi.  

Barcha shartlar bo‘yicha yuqori ball to‘plagan Yangiyer shahar 5-umumtaʼlim maktabining “Steyj strak” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Guliston shahridagi 6-umumtaʼlim maktabining “Kelajak yulduzlari” jamoasi ikkinchi, Sirdaryo tumani 1-umumtaʼlim maktabining “Tug‘yon” jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi. 

Maʼlumot o‘rnida, tanlovning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga taʼlim sayohatiga borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish