Bugun Guliston shahrida yasharish, yangilanish, mehr va oqibat ayyomi - Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan xalq sayllari va viloyat bayram tadbiri o‘tkazildi.
Dastlab viloyat hokimi, viloyat sektorlari rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ko‘klam nafasi ufurib turgan maydonda tashkil etilgan hududlarning o‘ziga xos jihatlari namoyon etilgan bayram dekoratsiyalari, milliy hunarmandchilik buyumlari, bahoriy taomlar ko‘rgazmalarini ko‘zdan kechirdilar.
Tantanali bayram tadbirining badiiy qismida so‘z olgan viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev bayram ishtirokchilarini, barcha viloyatimiz ahlini sharqona yangi yil – Navro‘z bayrami bilan samimiy qutladi.
O‘zgacha shukuh va ko‘tarinkilik bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida viloyatimizning el suygan sanʼatkorlari ijrosidagi diltortar taronalar, ko‘ngilochar dasturlar, shuningdek, badiiy havaskorlik va folklor jamoalarining chiqishlari barcha ishtirokchilarga birdek manzur bo‘ldi.
104,9 %
2023 yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
97,1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
904 865 kishi %
2023-yilning yanvar oyi holatiga
100,9 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
104,5 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
109.1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi