
Sirdaryo viloyatida ham Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari safi yildan yilga kamayib, bugungi kunda atigi bir nafar urush qatnashchisi istiqomat qilmoqda.
Boyovut tumanidagi Usmon Yusupov mahallasida yashovchi O‘skan bobo Hojimanov Sirdaryodagi yagona Ikkinchi jahon urushi qatnashchisidir. Otaxon o‘tgan yili muborak 100 yoshni qarshilagan edi.
Navro‘z bayrami munosabati bilan Sirdaryo viloyati hokimi, Akmaljon Mahmudaliyev O‘skan bobo Hojimanovni yo‘qlab bordi.
Viloyat hokimi urush faxriysiga davlatimiz rahbarining Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrik xatini o‘qib berdi. Pul mukofoti va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
O‘skan bobo hokim bilan dildan suhbatlashib, janglarda ishtirok etgan paytlaridagi o‘chmas xotiralaridan so‘zladi.
O‘skan bobo Hojimanov 1943-yilda frontga otlanib, Moskva ostonalaridan Kenigsberg shahrini ozod qilishgacha bo‘lgan janggohlarni bosib o‘tdi. Oder daryosini kechib o‘tishda mardlik namunasini ko‘rsatdi. Urushning oxiri ko‘rinib qolganda yaralandi. Yaroslavl oblastining Ribinsk gospitalida bir yarim yil davolandi. 1950-yil Zomin tumanidagi ona qishlog‘i Achchiga kirib keldi.Tez orada Boyovutga ko‘chib o‘tib, 30 yil xo‘jalikda shofyorlik qildi. 74 yildirki, Boyovutda umrguzaronlik qilmoqda. Turmush o‘rtog‘i Novvotoy momo bilan 10 nafar farzandni voyaga yetkazib, elga qo‘shdi.
– Bugungi kun sira ham yodimdan chiqmaydi, – deydi O‘skan bobo Hojimanov. – Allohning inoyati bilan o‘tgan yili yuz yosh bilan yuzlashdim. Farzandlarim, kelinlarim, nabira-chevaralarimning qurshovidaman. Prezidentimizga ming rahmat, biz nuroniylarning keksalik gashtini surishimizga barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi. Viloyat hokimi ham tez-tez holimdan xabar olib turadi.
So‘rovdan O‘skan boboning ko‘ngli tog‘ qadar o‘sdi. Mahalladoshlar, qarindosh-urug‘lar uning xonadoniga kelib, otaxonni bayram bilan tabriklab, uning duolarini olib ketishmoqda.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi