Xalqimiz bahorni, yasharish va yangilanish fasli – Navro‘zi olamni hamisha orziqib, intizorlik bilan kutadi. Navro‘z mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillarining sevimli bayramiga aylangan. Sirdaryo tumani markazidagi "Ezgu niyatlar" xiyobonida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida tashkil etilgan bayram shodiyonasida ana shu ahillik, yurtimizdagi millatlararo do‘stlik yaqqol namoyon bo‘ldi.
Turli millat vakillari, korxona-tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokidagi sayilda milliy o‘yinlar, sport musobaqalari, konsert dasturlari, shuningdek, milliy taomlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Milliy madaniyat markazlari, folklor-etnografik jamoalar chiqishlari, taniqli xonanda Muxlis Berdiyev tomonidan kuylangan qo‘shiqlar barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.
104,9 %
2023 yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
97,1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
904 865 kishi %
2023-yilning yanvar oyi holatiga
100,9 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
104,5 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
109.1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi