Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Hayotimdagi unutilmas kun

Sayxunobod tumanining Ittifoq mahallasida yashovchi 70 yoshni qarshilagan Risolat opa G‘ulomovani hamqishloqlari va tuman aholisi birdek hurmat qiladi. Opaning tumandagi 21-oilaviy poliklinikada tibbiyot xodimi bo‘lib ishlab kelayotganiga ham 51 yil to‘libdi. Bu orada turmush o‘rtog‘i marhum pedagog Jaloliddin aka bilan uch farzandni voyaga yetkazib, o‘qimishli qildi.

Risolat opa juda tinib-tinchimas inson. Uning 14 sotixli tomorqasida yetishtirayotgan mahsulotlar barcha mahalladoshlariga manzur. Bundan tashqari 20 dan ziyod qo‘y, 10 ta asalari uyasi, 40 tacha parrandasi bor. Opa nabirasi Shohruhga ham mehnat qilishni o‘rgatgan. U yigirmata quyon parvarish qilmoqda.  

Hokimlik va mutasaddi tashkilotlar ko‘magida qurilgan 2 sotixli issiqxonada hozir turli ko‘katlar yetilgan. O‘ttiz tup limoni ham rang oldi. Tuvaklarda yetishtirayotgan qulupnaylar ko‘zni quvnatadi.  

Kuni kecha davlatimiz rahbari Sayxunobod tumaniga tashrifi chog‘ida G‘ulomovlar xonadonida bo‘lib, Risolat opa bilan suhbatlashdi va tomorqani ko‘zdan kechirdi va eng namunaviy xonadon deya eʼtirof etdi. 

– Kechadan buyon quvonchim bosilgani yo‘q, – deydi Risolat opa G‘ulomova. –Prezidentimizning bizdek oddiy xonadonga tashriflari, tomorqamizdagi kamtarona mehnatlarimizga bergan ijobiy baholari, do‘stona suhbatlari, kuchimga-kuch, g‘ayratimga-g‘ayrat qo‘shdi. Prezidentimiz bilan bo‘lgan uchrashuv hayotimdagi eng baxtli kunlarimdan biri bo‘lib qoladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish