Davlatimiz rahbarining taklif va tashabbuslari bilan Sirdaryoda o‘tkazilayotgan xalqaro biznes-forumlar viloyat investitsion salohiyati yuksalishi, shu bilan birga hududda xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar sonining ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilish borasidagi ishlarni yana-da jadallashtirish maqsadida viloyat hokimi o‘rinbosari boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat delegatsiya ayni kunlarda xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasining Tiandzin shahrida bo‘lib turipti.
Safarning birinchi kunida Tiandzin ilm fan va texnologiyalar universiteti texnoparki, unda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishildi.
Shu yerning o‘zida xitoylik tadbirkorlar bilan qator samarali uchrashuvlar o‘tkazildi. “G2B” va “B2B” shaklida muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli loyihalari va dasturlarini tayyorlash masalalarini ko‘rib chiqishdi.
Bindan tashqari, ishbilarmonlar bilan Sirdaryo viloyatidagi erkin iqtisodiy, shuningdek, kichik va yoshlar sanoat zonalari boshqaruviga Xitoy tajribasini joriy etish, xorijiy kompaniyalarni jalb qilish uslublarini amalda qo‘llash borasida fikr almashildi.
Yakuniy kelishuvlarga ko‘ra, Guliston shahrida biologik qo‘shimchalar, Yangiyer shahrida ozuqa mahsulotlari, go‘daklar uchun maxsus qorishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 27 million AQSH dollarilik loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Viloyat delegatsiyasining safari davom etmoqda.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi