









Davlatimiz rahbarining “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Guliston shahri va Xovos tumanida tajriba tariqasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, ushbu hududlar mahallalarida kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar faoliyat boshladi. Ular tomonidan mahallaning o‘zida 23 ta xizmat turlari tashkil etiladi. Bu orqali mahallaning o‘zida 70 dan ortiq masala, jumladan, moddiy yordam, ijtimoiy xizmatlar va bandlik, subsidiya, kreditlar hal etiladi, tizim to‘liq raqamlashtiriladi.
Ochilish tadbirlarida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, sektorlar rahbarlari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda so‘z olganlar so‘ngi yillarda mamlakatimizda fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi inson manfaatlari ustuvorligiga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning yorqin namunasi ekanligini taʼkidladilar.
Tadbir davomida imkoniyati cheklanganlarga nogironlik aravachalari topshirildi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi