Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Markaziy apparat
Viloyat hokimligi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti
Viloyat hokimligi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti
Mamatxonov Rovshan Rustamovich
Telefon :
(67) 225-05-26

Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risida nizom

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga (keyingi o‘rinlarda - yuridik xizmat deb ataladi) qo‘yiladigan talablarni, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
  2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tushuniladi.
  3. Boshqa tashkilotlar uchun ushbu Nizom talablari tavsiyaviy xususiyatga ega.
  4. Yuridik xizmat - davlat organi va tashkiloti faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me’yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim.

Yuridik xizmat bevosita davlat organi va tashkilotining rahbariga bo‘ysunadi.

  1. Yuridik xizmat yuridik departament, yuridik boshqarma, yuridik bo‘lim, yuridik byuro shaklida tashkil qilinishi yoxud bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsult, yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult yoki yuriskonsultdan iborat bo‘lishi mumkin.

Yuridik xizmatning mavjud shtat birliklarini qisqartirishga va ularni davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalariga qayta taqsimlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

  1. Yuridik xizmat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiva qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
  2. Yuridik xizmat xodimi yoxud yuriskonsult lavozimida oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs ishlashi mumkin.

Yuridik xizmat boshlig‘i lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan, shuningdek, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi;

Yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar belgilangan tartibda adliya organlarida stajirovkadan o‘tadilar.

Adliya organlarida stajirovkadan o‘tish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

  1. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadilar va ozod qilinadilar.

Tumanlar va shaharlar hokimliklari, shuningdek hududiy darajadagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari lavozimga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda tayinlanadilar va ozod qilinadilar.

Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

  1. Davlat organi va tashkilotida yuriskonsult yordamchisi lavozimi joriy etilishi mumkin.

Yuriskonsult yordamchisi lavozimida oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs, shuningdek, oliy ta’lim muassasasining «Yurisprudensiya» mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat bosqichining bitiruvchi kursi talabasi yoki magistrant ishlashi mumkin.

  1. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar yuridik xizmat xodimi va yuriskonsult yordamchisi lavozimida ishlashi mumkin emas.
  2. Davlat organi va tashkilotining yuridik xizmati xodimlariga martaba darajalari beriladi hamda ko‘p yillik xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lanadi.
  3. Davlat organi va tashkiloti yuridik xizmatining xodimi sifatidagi mehnat staji boshqa davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlariga o‘tganda martaba darajalari va ko‘p yillik xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalarni to‘lash uchun mo‘ljallangan mehnat staji hisobiga olinadi.
  4. Davlat organi va tashkiloti yuridik xizmatlari xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda har uch yilda kamida bir marta malakasini oshiradi hamda har uch yilda bir marta attestasiyadan o‘tadilar.
  5. Davlat organlari va tashkilotlarida har yili mazkur davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikka rioya etilishi ahvoli to‘g‘risidagi yuridik xizmatning hisoboti eshitiladi.

2-bob. Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va funksiyalari

  1. Quyidagilar yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

davlat organi va tashkilotining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;

davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;

davlat organlari va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;

shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.

  1. Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish sohasida:

  1. a) davlat organi va tashkilotida, shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
  2. b) davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
  3. v) jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari yuzasidan xulosalar beradi;
  4. g) mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotining buyruqlari, farmoyishlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini ishlab chiqish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;
  5. d) davlat organi va tashkilotida, shuningdek tegishli tuzilmalarda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;
  6. ye) davlat organi va tashkilotining boshqa tuzilmalari bilan birgalikda davlat organi, tegishli tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
  7. j) davlat organi va tashkilotida boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat organi tizimiga kiradigan tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  8. z) davlat organi va tashkilotida mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;
  9. i) davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga davlat organi va tashkiloti faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etadi;
  10. k) davlat organi va tashkiloti xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko‘rsatadi;

2) davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish, shuningdek davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida uning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish sohasida:

  1. a) davlat organi va tashkilotining norma ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida, amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etadi;
  2. b) davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  3. v) davlat organi va tashkilotining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ularni ishlab chiqishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va davlat ro‘yxatiga olish uchun yuborishda ishtirok etadi;
  4. g) ekspertizadan o‘tkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarning mavjud emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;
  5. d) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, ularga viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
  6. ye) tizimli ravishda davlat organi va tashkilotining tegishli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlashga qaratilgan tahlilni o‘tkazadi;
  7. j) davlat organi va tashkiloti faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  8. z) davlat organi va tashkilotiga kelib tushgan va o‘zi tomonidan chiqarilgan hujjatlar, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat holatida bo‘lishini ta’minlaydi;
  9. i) davlat organi va tashkilotining normativ-huquqiy hujjatlar fondini to‘ldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini ko‘radi, davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish haqida takliflar kiritadi;
  10. k) davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlari to‘plamlarini nashr etishga tayyorlaydi;
  11. l) davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, kelishilgan hamkorlikni ta’minlaydi;
  12. m) davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam ko‘rsatadi, yuridik xizmat faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyanomalar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi;

3) davlat organi va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari orqali yetkazish sohasida:

  1. a) davlat organi va tashkiloti rahbariyati uchun qonunchilik masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
  2. b) davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etadi;
  3. v) davlat organi va tashkiloti faoliyatiga tegishli qonunchilikni targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiradi;
  4. g) zudlik bilan davlat organi va tashkiloti axborot xizmatiga davlat organi va tashkiloti veb-saytiga joylashtirish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun va ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar kiritadi;
  5. d) davlat organi va tashkiloti xodimlarining murojaatlari bo‘yicha ularga davlat organi va tashkiloti faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga ko‘maklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
  6. ye) qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumotlarni, sud amaliyotini, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli ko‘rsatmalarini davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarga yetkazadi;

4) shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash sohasida:

  1. a) davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radi;
  2. b) boshqa tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkiloti tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
  3. v) shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
  4. g) davlat organi va tashkiloti tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  5. d) davlat organi va tashkilotining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, davlat organi va tashkilotida talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
  6. ye) tegishli tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotining debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o‘rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko‘radi;
  7. j) shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib boradi;
  8. z) davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi;
  9. i) mulkni saqlash masalalari bo‘yicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;
  10. k) boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotida mulkning talon-toroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi;
  11. l) moddiy boyliklar va pul mablag‘larini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiiste’mollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari bo‘yicha huquqiy xulosalar beradi.

Davlat organi va tashkilotining yuridik xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

  1. Yuridik xizmat va uning xodimlariga ushbu Nizomda yoki boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

3-bob. Yuridik xizmatning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi

  1. Yuridik xizmat quyidagi huquqlarga ega:

davlat organi va tashkilotiga kelib tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanishish, xizmatda foydalanish va ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish uchun birinchi navbatda olish;

davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarning mansabdor shaxslaridan yuridik xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni olish;

rahbariyat tomonidan chaqiriladigan huquqiy masalalarga tegishli yig‘ilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish;

rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki tegishli tuzilma rahbarining roziligi bilan ularning xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun, huquqiy ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga jalb qilish;

qonunchilikka zid bo‘lgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun qaytarish, o‘z e’tirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida huquqiy xulosalar berish, rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan boshqa tuzilmalar bilan birgalikda ushbu loyihalarni puxta ishlanishida ishtirok etish;

davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarda davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini o‘rganish;

davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarning qonun hujjatlari bajarilishini ta’minlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish;

davlat organi va tashkilotida, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda yoki davlat organi va tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda, shuningdek ularning yakunlari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy xulosalar berish;

talabnoma-davo tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan summaning 5 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mukofot olish.

Yuridik xizmat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Yuridik xizmat:

unga ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan funksiyalarni zarur darajada va samarali bajarishi;

davlat organi va tashkilotida, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda qonun buzilishi holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori turuvchi organga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi;

belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi va attestasiyadan o‘tishi shart.

Yuridik xizmat xodimi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Yuridik xizmat o‘zi viza qo‘ygan hujjatlarning va o‘zi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.

Yuridik xizmat xodimi o‘z majburiyatlari va funksiyalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

4-bob. Ushbu Nizomning bajarilishini nazorat qilish

  1. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Adliya organlari o‘z vakolatlari doirasida ushbu Nizom va yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari talablarining yuridik xizmat xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan buzilishining aniqlangan holatlarini bartaraf etishga, shuningdek aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortishga yo‘naltirilgan choralarni ko‘radi.

Adliya organlari yuridik xizmat faoliyatiga tegishli hujjatlarni va boshqa ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan so‘rab olish huquqiga ega.

  1. Adliya organlari davlat organlari va tashkilotlarida huquqiy ishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, ularni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi, yuridik xizmatlarga ko‘rsatmalar beradi, shuningdek yo‘l qo‘yilgan aniqlangan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan metodik yordam ko‘rsatadi.
  2. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Yuridik xizmat boshlig‘i:

Viloyat hokimligi apparatida yuridik xizmat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi Nizom” talablari asosida tashkil etadi.

Yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan qaror hamda viloyat hokimligining tashabbusi asosida tayyorlanib, viloyat hokimiga imzo uchun taqdim qilinadigan qaror loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

viloyat hokimligining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etadi;

viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib boradi;

viloyat hokimligining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida kotibiyat va guruhlar ishini muvofiqlashtiradi;

shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydi;

viloyat hokimligi, shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari yuzasidan xulosalar beradi;

mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda viloyat hokimining qaror va farmoyishlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini ishlab chiqish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;

viloyat hokimligida shuningdek tegishli tuzilmalarda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;

viloyat hokimligining boshqa tuzilmalari bilan birgalikda davlat organi, tegishli tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;

viloyat hokimligida boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat organi tizimiga kiradigan tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga davlat organi va tashkiloti faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashning ahvoli yuzasidan hisobotlar taqdim etadi;

davlat organi va tashkilotining norma ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida, amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etadi;

viloyat hokimligi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi;

ekspertizadan o‘tkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarning mavjud emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, ularga viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

tizimli ravishda davlat organi va tashkilotining tegishli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlashga qaratilgan tahlilni o‘tkazadi;

viloyat hokimligi rahbariyati uchun qonunchilik masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

viloyat hokimligi va uning tizimiga kiradigan tuzilmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etadi;

davlat organi va tashkiloti axborot xizmatiga davlat organi va tashkiloti veb-saytiga joylashtirish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun va ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar kiritadi;

boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotida mulkning talon-toroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi;

moddiy boyliklar va pul mablag‘larini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiiste’mollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari bo‘yicha huquqiy xulosalar beradi  hamda Davlat organi va tashkilotining yuridik xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

Yuridik xizmat bosh yuriskonsulti

Viloyat hokimiga  imzo uchun taqdim etiladigan yer masalalariga oid qarorlar, viloyat hokimining farmoyishlari hamda viloyat hokimligining safarga oid buyruqlari loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, imzo qo‘yish uchun xizmat boshlig‘iga taqdim etadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

davlat organlari va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etadi;

viloyat hokimligida mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;

hokimlik apparati xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko‘rsatadi;

davlat organi va tashkiloti faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

viloyat hokimligida normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat holatida bo‘lishini ta’minlaydi;

hokimlikning normativ-huquqiy hujjatlar fondini to‘ldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini ko‘radi,  ishlar boshqarmasiga huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish haqida takliflar kiritadi;

viloyat hokimligi faoliyatiga tegishli qonunchilikni targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiradi;

hokimlik apparati xodimlarining murojaatlari bo‘yicha ularga davlat organi va tashkiloti faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga ko‘maklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;

davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radi;

boshqa tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkiloti tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

davlat organi va tashkiloti tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

davlat organi va tashkilotining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, davlat organi va tashkilotida talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib boradi;

davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi;

mulkni saqlash masalalari bo‘yicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;

yuridik xizmatga yo‘llangan  tegishli ariza va shikoyatlarga javob xatlari tayyorlaydi;

fuqarolarni qabul qiladi, ularga  tegishli huquqiy maslahatlar beradi   hamda viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari  hamda  yuridik xizmat boshlig‘ining o‘z vakolati doirasida bergan boshqa topshiriqlari ijrosini ta’minlaydi.

Viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari
Viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari
Shosaidov Tursunmurod Nazir o‘g‘li
Telefon :
(67) 235-07-78
Qabul :
Dushanba-juma 09:00 dan 11:00 gacha

Viloyat hokimligi Axborot-tahlil guruhi to‘g‘risida nizom

  1. Umumiy qoidalar
  2. Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
    2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli qaroriga muvofiq viloyat hokimligi Axborot-tahlil guruhining (keyingi o‘rinlarda guruh deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
  3. Guruh o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, Oliy Majlisning qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, viloyat hokimining qaror va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
  4. Guruh o‘z faoliyatini O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati va viloyat hokimi rahbarligida amalga oshiradi.
  5. Guruh o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

 

  1. Guruhning vazifalari va funksiyalari

 

  1. Guruh quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:

hokimlikning ish rejasi bajarilishi monitoringini tashkil etadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

ekspertiza natijalari bo‘yicha hujjatlar loyihalari haqida hokimga axborot beradi;

hokim tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlari va turli komissiyalarning kun tartibi loyihalarini shakllantiradi, hokimga tasdiqlatadi va tegishli hujjatlar tayyorlanishini ta’minlaydi;

hokim tomonidan o‘tkaziladigan majlislarni tashkiliy-nazorat guruhi bilan birgalikda tashkil etadi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, hokimni bajarilishi va natijalari to‘g‘risida belgilangan muddatlarda xabardor qiladi;

boshqaruv apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda hokimning ko‘rib chiqishi uchun axborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallarni, shuningdek hokimning ma’ruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;

xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda hokimning hujjatlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish va sifatli tayyorlash bo‘yicha hokimning o‘rinbosarlari bilan o‘zaro mustahkam hamkorlik qiladi;

xalq deputatlari viloyat Kengashining va hokimlikning faoliyati masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari nuqtai nazarini o‘rganish bo‘yicha tahliliy ishlarni amalga oshiradi, hokimlik rahbariyatiga axborot berish uchun matbuotda e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi;

axborot-ma’lumotnomalarni e’lon qilish  ishlarini amalga oshirish uchun xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimlik faoliyati to‘g‘risidagi tahliliy, statistik va boshqa materiallar ma’lumotlarining tizimlashtirilgan bankini tashkil qiladi.

Axborot-tahlil guruhi to‘g‘risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 

III. Guruhning huquqlari va javobgarligi

 

  1. Guruh o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

viloyat hokimligida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni viloyat hokimligining kotibiyatlaridan, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasidan, viloyat tashkilotlaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so‘rash;

viloyat hokimligi kotibiyatlarining iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy, tarkibiy va institusional islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlarini, sektorlarini va hududlarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy va prognozlash faoliyatini muvofiqlashtirish;

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasining mas’ul hodimlarini jalb etgan holda o‘tkaziladigan majlislarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, tegishli tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasining tegishli bo‘limlariga yuklatilgan fuksional vazifalardan kelib chiqqan holda ulardan zaruriy ma’lumotlarni olish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;

zarurat bo‘lganda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va viloyat hokimligining ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.

  1. Guruh quyidagilarga javobgar:

o‘ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;

viloyat hokimiga kiritilgan takliflar va masalalar ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqilishi tashkil etilishi;

hokim tomonidan berilgan topshiriqlarni umumlashtirilishi, ularning bajarilishini nazorat qilinishi, natijalari to‘g‘risida belgilangan muddatlarda hokimni xabardor qilinishi uchun javob beradi.

 

  1. Guruhning tuzilmasi

 

  1. Guruhning tuzilmasi rahbar, bosh va yetakchi mutaxassislardan iborat bo‘ladi.
  2. Guruh tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli qarori qarori bilan belgilanadi.
  3. Guruhning ishlari hokim tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalari to‘g‘risidagi Nizomga hamda ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
  4. Guruh o‘z faoliyatida hokimga bo‘ysunadi.
  5. Guruh rahbari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
  6. 13. Guruhning funksional vazifalari hokim tomonidan

 

  1. Guruh faoliyatini tashkil etish
  2. Guruh ishlari viloyat hokimligining ish tartibiga, ushbu Nizomga, viloyat hokimining topshiriqlariga, shuningdek viloyat hokimligining ish rejalari, guruh rahbari va mutaxassislarning shaxsiy ish ryejalari asosida tashkil etiladi.
  3. VI. Guruh rahbari
  4. Guruh rahbari:

guruhga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, o‘z mutaxassislari ishlarini tashkil qiladi hamda guruhga yuklangan vazifalar, funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;

viloyat hokimiga kiritilgan guruh mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;

viloyat hokimi raisligidagi o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, komissiyalar, kengashlar majlislarida, guruh mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi;

viloyat hokimligiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, viloyat hokimining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;

viloyat hokimi bilan kelishgan holda guruh mutaxassislari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;

guruh ishlarini takomillashtirish,  mutaxassislarning ish va kasb malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

guruh rahbari mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda ularga tanbeh berish to‘g‘risidagi takliflarni viloyat hokimiga taqdim etadi.

  1. Guruh rahbari vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bosh mutaxassis bajaradi.
  2. Guruhning bosh va yetakchi mutaxassislari:

funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida guruh rahbariga axborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha tizimlashtiril-gan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

hokim tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

Axborot-tahlil guruhi to‘g‘risidagi nizomga va funksional vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

Viloyat hokimligi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i
Viloyat hokimligi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i
Dehqonov Abror Anvarovich
Telefon :
(67) 235-00-28
Viloyat hokimligi bosh hisobchisi
Viloyat hokimligi bosh hisobchisi
Abdugabbarov Nishanboy Abdusattorovich
Telefon :
(67) 235-02-21

Вилоят ҳокимининг капитал қурилиш, коммуникациялар ва коммунал хўжалик масалалари бўйича ўринбосари

 

  1. Қуйидагилар вилоят ҳокимининг капитал қурилиш, коммуникациялар ва коммунал хўжалик масалалари бўйича ўринбосарининг асосий вазифалари ҳисобланади:

Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, “Маҳаллий давлат ҳокимияти тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни, Ўзбекистон Республикасининг бошқа қонунлари, Олий Мажлис палаталарининг қарорлари, Ўзбекистон Республикаси Президентининг ҳужжатлари ва топшириқлари, Вазирлар Маҳкамасининг қарорлари ва топшириқлари билан ҳокимликка юкланган вазифаларни бажариш юзасидан аниқ чора-тадбирларни ишлаб чиқиш ва амалга ошириш;

а)ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш дастурларини ишлаб чиқиш ва амалга ошириш соҳасида:

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 29 мартдаги «Обод қишлоқ» дастури тўғрисида» ПФ-5386-сон Фармонини ва
2018 йил 27 июндаги «Обод маҳалла» дастурининг асосий параметрларини тасдиқлаш ва уларнинг ижросини таъминлаш масалалари тўғрисида» ПҚ-3812-сон қарорини амалга ошириш доирасида муҳандислик, йўл-транспорт ва телекоммуникация инфратузилмасини ривожлантириш, транспорт хизмати кўрсатишни янада яхшилаш, кўрсатилаётган уй-жой-коммунал хизматлар даражаси ва сифатини тубдан ошириш, сифатли ичимлик сув ва санитария жиҳатидан тозалаш тизими, аҳоли пунктларини ободонлаштириш, уй-жой шароитларини яхшилаш, арзон ва қулай уй-жой билан таъминлаш бўйича таклифлар ишлаб чиқиш;

аҳолини электр энергияси, табиий газ ва кўмир билан узлуксиз таъминлаш ҳолатини ўрганиш ва таклифлар киритиш;

б) коммунал хўжалиги соҳасида:

“Кўп квартирали уйларни бошқариш тўғрисида”ги 2019 йил
7 ноябрдаги Ўзбекистон Республикаси Қонуни  ҳамда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 18 апрелдаги «Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш тизимини бошқаришни янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги ПФ-5017-сон Фармонида белгиланган коммунал хўжалиги соҳасида ислоҳотларнинг амалга оширилишини тизимли ва комплекс ўрганишни ташкил этиш;

коммунал хизмат кўрсатиш соҳасида ривожлантиришнинг прогнозлари ва энг муҳим дастурлари ишлаб чиқилишини ва уларнинг бажарилишини ташкил этиш;

коммунал соҳадаги ҳолат ва вазиятнинг мониторингини таъминлаш, таҳлил этиш, коммунал хўжалигини ривожлантиришдаги сифатли ўзгаришлар ва тенденцияларни баҳолаш;

давлат ва хўжалик бошқаруви органлари, маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органларининг коммунал хўжалиги соҳасидаги ислоҳотларни чуқурлаштириш, коммунал хўжалиги тизимини ривожлантириш ва такомиллаштириш масалалари бўйича Ўзбекистон Республикаси қонунларини, Ўзбекистон Республикаси Президенти фармонлари, қарорлари ва фармойишлари, баённомалари, топшириқларини, «йўл хариталари»ни, Вазирлар Маҳкамасининг қарорларини бажаришга доир фаолияти самарали мувофиқлаштирилишини таъминлаш;

коммунал хизмат кўрсатиш соҳасида бошқарув тузилмасини такомиллаштириш, тармоққа хорижий инвестициялар ва инновацион ғоялар ҳамда технологияларни жалб этиш учун шарт-шароитлар яратиш юзасидан таклифлар ишлаб чиқиш;

давлат ва хўжалик бошқарувининг тегишли органлари билан биргаликда коммунал хизмат кўрсатиш учун тарифлар ошганда, аҳолининг ижтимоий ночор қатламларини ҳимоя қилишни назарда тутувчи механизмларни ишлаб чиқиш;

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 26 ноябр-даги «Аҳолининг ичимлик суви билан таъминланганлик даражасини ошириш ва унинг сифатини яхшилаш учун ўзбекистон республикасининг сув ресурсларини бошқаришни такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» ПФ-5883-сон Фармони ҳамда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 26 ноябрдаги «Республика сув таъминоти тизимини янада такомиллаштириш тўғрисида» ПҚ-4536-сон қарорини амалга ошириш доирасида сув таъминоти тизимини такомиллаштириш бўйича ишларни изчил давом эттириш, соҳага чет эл инвестицияларини жалб этиш ва мамлакатнинг ичимлик суви таъминоти ва сув чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш;

сув таъминоти, канализация, иссиқлик таъминоти ва коммунал соҳа ташкилотларида ёқилғи-энергетика ресурсларини тежашга доир ташкилий-техник тадбирлар ва энергия сарфини камайтириш тармоқ дастурларини ишлаб чиқиш ва амалга ошириш ишларини мувофиқлаштириш;

давлат ва хўжалик бошқарувининг тегишли органлари билан биргаликда уй-жой-коммунал хўжалиги объектларини замонавий ҳисобга олиш приборлари билан жиҳозлашни, қурилиш-монтаж ишлари таннархини пасайтиришни таъминловчи замонавий ва сифатли маҳаллий қурилиш материалларини кенг қўллашни назарда тутувчи амалий механизмлар ҳамда чора-тадбирларни ишлаб чиқиш;

кўп квартирали уй-жойларнинг туташ ҳудудларини санитария қоидалари, нормалари ва гигиена нормативларига мувофиқ сақлаш ишларини ташкил этиш, кўп квартирали уй-жой фондини сақлаш, улардан фойдаланиш, мажбурий бадаллар ва фойдаланиш ҳаражатларини, кўп квартирали уйлардан техник жиҳатдан фойдаланиш қоидалари ва нормаларини белгилашга доир талабларга риоя этилишини назорат қилиш;

иссиқлик таъминоти тизимларини ривожлантириш, ҳудудларни ободонлаштиришга доир дастурий ҳужжатларнинг сифатли бажарилишини назорат қилиш, ушбу соҳа ташкилотларининг фаолияти мувофиқлаштирилиши ва бошқарилишини таъминлаш;

ривожланган хорижий мамлакатларнинг илғор тажрибасини, уй-жой-коммунал хўжалиги методологиясини ҳисобга олган ҳолда, уй-жой-коммунал хўжалиги соҳасидаги норматив-ҳуқуқий базани такомил-лаштиришга доир таклифлар ишлаб чиқиш;

уй-жой-коммунал соҳа учун кадрлар тайёрлаш, хорижда ўқув стажировкалари ташкил этишни ҳисобга олган ҳолда, кадрларни қйта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш, замонавий ахборот-коммуникация технологияларини, дастурий маҳсулотларни, идоравий ахборот тизимлари ва маълумотлар базасини жорий этиш юзасидан таклифлар киритиш;

в) экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш соҳасида:

“Табиатни муҳофаза қилиш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунини амалга ошириш доирасида атроф-муҳит сифатли ҳолатининг кафолатланган даражасига эришиш, табиатни муҳофаза қилиш, инсоннинг яшаш муҳити сифатида биосферанинг ва унинг экологик тизимлари барқарорлигини сақлаб қолиш, одамларнинг экологик хавфсизлиги, инсон ва унинг келажакдаги авлодлари генофонди тўғрисида ғамхўрлик қилишга йўналтирилган давлат сиёсатини амалга ошириш;

“Экологик назорат тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунини амалга ошириш доирасида табиий ресурсларни асраб-авайлаш ва улардан оқилона фойдаланиш юзасидан экологик назорат соҳасидаги махсус ваколатли давлат органлари, давлат ва хўжалик бошқаруви органлари, маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органлари, тадбиркорлик субъектлари ва бошқа ташкилотларнинг фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари, нодавлат нотижорат ташкилотлари ва фуқаролар билан ўзаро ҳамкорлигини мувофиқлаштириш;

экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш масалалари бўйича Ўзбекистон Республикаси қонунларини, Ўзбекистон Республикаси Президенти фармонлари, қарорлари, фармойишлари, баённомалари ва топшириқларини, йул харитлаларини, Вазирлар Маҳкамасининг қарорлари ва фармойишларини бажариш юзасидан давлат ва хўжалик бошқаруви, маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органлари фаолияти ва ўзаро ҳамкорлиги самарали мувофиқлаштирилишини таъминлаш;

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 21 апрелдаги «Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш соҳасида давлат бошқаруви тизимини такомиллаштириш тўғрисида» ПФ-5024-сон ва 2019 йил 30 октябрдаги «2030 йилгача бўлган даврда Ўзбекистон Республикасининг Атроф муҳитни муҳофаза қилиш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида» ПФ-5863-сон Фармонларига мувофиқ табиий ресурслардан фойдаланиш ва уларни қайта тиклашнинг асосан иқтисодий усулларини кенг қўллаш, ҳамма жойда ресурсларни тежайдиган, кам чиқитли ва чиқитсиз замонавий инновацион технологияларни жорий этишни рағбатлантириш асосида табиатни муҳофаза қилиш фаолиятини комплекс бошқаришни ташкил этиш чора-тадбирларини, шунингдек, хўжалик фаолиятининг атроф табиий муҳитга нохуш таъсирини пасайтириш ва олдини олиш бўйича аҳолининг экологик хавфсизлигини кафолатлайдиган чора-тадбирларни амалга ошириш;

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил
17 апрелдаги «2019-2028 йиллар даврида Ўзбекистон Республикасида қаттиқ маиший чиқиндилар билан боғлиқ ишларни амалга ошириш стратегиясини тасдиқлаш тўғрисида» ПҚ-4291-сон қарорларига мувофиқ чиқиндилар билан ишлаш тизимини такомиллаштириш, республикада санитария ва экологик вазиятни яхшилаш, чиқиндиларнинг фуқаролар ҳаёти ва саломатлигига, атроф-муҳитга зарарли таъсирининг олдини олиш, чиқиндилар ҳосил бўлишини қисқартириш ва хўжалик фаолиятига жалб этилишини таъминлаш бўйича комплекс чора-тадбирларни амалга ошириш;

барқарор ривожланиш, шунингдек, экологик билимларни тарғиб қилиш мақсадида табиатни муҳофаза қилиш тўғрисидаги қонунчилик ва атроф табиий муҳитни муҳофаза қилиш, экологик саводхонлик ва маданият, таълимни ошириш соҳасидаги норматив-услубий базани такомиллаштириш;

табиатни муҳофаза қилиш тадбирларининг сўзсиз ва сифатли бажарилиши, шунингдек, биологик ресурсларни сақлаш, қайта тиклаш ва улардан оқилона фойдаланишга йўналтирилган узоқ, ўрта ва қисқа муддатли республика ва ҳудудий экологик дастурларини ишлаб чиқиш ишларини мувофиқлаштириш;

фуқароларда атроф-муҳитга, унинг ресурсларига эҳтиёткорлик билан муносабатда бўлишни шакллантириш, табиат тўғрисидаги билимларни тарғиб қилиш¸ оммалаштириш ва тарқатиш, экологик таълим даражасини ошириш, шунингдек, вазирликлар, давлат қўмиталари, идоралар ва бошқа ташкилотларнинг табиатни муҳофаза қилиш ва табиий ресурслардан фойдаланиш соҳасидаги мутахассисларини тайёрлаш ва уларнинг малакасини оширишни ташкил этиш бўйича самарали чора-тадбирларни амалга ошириш;

атроф-муҳитни муҳофаза қилиш, табиий ресурслардан оқилона фойдаланиш ва чиқиндилар билан ишлаш соҳасида қонун бузилишларининг олдини олиш бўйича комплекс чора-тадбирларни амалга ошириш;

экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш масалаларида жамоатчилик ва фуқаролик жамияти иститутлари билан яқиндан ўзаро ҳамкорликни, фуқароларнинг қулай атроф-муҳитга бўлган ҳуқуқларини таъминлаш чора-тадбирларини амалга ошириш;

экологик муаммоларни ҳал этишда минтақавий ва халқаро ҳамкорликни ривожлантириш;

г) транспорт соҳасида:

транспорт ва транспорт коммуникациялари соҳасида ислоҳот-ларнинг амалга оширилиши тизимли ва комплекс ўрганилишини ташкил этиш;

транспорт ва транспорт коммуникацияларининг барча турлари фаолияти мониторингини таъминлаш ҳамда таҳлил этиш, ушбу соҳаларда давлат сиёсатини, бошқарув шакллари, усуллари ва тузилмасини такомиллаштиришга доир таклифлар ишлаб чиқиш;

транспорт соҳасининг фаолият кўрсатиши ва транспорт коммуникацияларини ривожлантириш масалалари бўйича Ўзбекистон Республикаси қонунлари, Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармонлари, қарорлари фармойишлари, баённомалари ва топшириқлари, «йўл хариталари»ни, Вазирлар Маҳкамасининг қарорлари ва фармойишларини бажариш бўйича давлат ва хўжалик бошқаруви органлари, маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органлари фаолиятини ҳамда ўзаро ҳамкорлигини самарали мувофиқлаштиришни таъминлаш;

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил
1 февралдаги «Транспорт соҳасида давлат бошқаруви тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» ПФ-5647-сон Фармони ва 2017 йил 2 декабрдаги «2018-2022 йилларда транспорт инфратузилмасини такомиллаштириш ва юк ташишнинг ташқи савдо йўналишларини диверсификациялаш чора-тадбирлари тўғрисида» ПҚ-3422-сон қарорини амалга ошириш доирасида йўловчилар ва юк ташишни мақбуллаштириш, унинг самарадорлигини ошириш ва оқилона ташкил этиш, транспорт коммуникацияларини жадал ривожлантириш ҳамда уларнинг барқарор фаолият кўрсатиши, транспортда ташиш ва трансмиллий транспорт йўлакларини ривожлантириш соҳасида халқаро ҳамкорликни кенгайтириш вазифалари комплекс ҳал этилишини ташкил этиш;

транспорт ва транспорт коммуникациялари соҳаси фаолияти масалаларида давлат ва хўжалик бошқаруви органлари, маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органлари, бошқа органлар ва ташкилотларнинг ўзаро ҳамкорлигини таъминлаш;

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил
27 ноябрдаги “Ўзбекистон Республикасининг фуқаро авиациясини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-5584-сонли Фармонини амалга ошириш доирасида рақобат муҳитини шакллантириш, транспорт хизматлари бозоридан тенг фойдаланилишини таъминлаш юзасидан таклифлар ишлаб чиқиш;

транспорт хизматларига ҳақ тўлаш бўйича аҳолининг ижтимоий ночор қатламларига бериладиган имтиёзларнинг мавжуд тизимини таҳлил қилиш ва уларни унификация қилишга доир таклифлар ишлаб чиқиш;

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 6 мартдаги «Автомобиль транспортини бошқариш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» ПҚ-3589-сон қарорига мувофиқ транспорт тизими ва транспорт коммуникацияларини янада ривожлантириш стратегиясини ишлаб чиқиш ҳамда амалга ошириш;

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил
27 ноябрдаги «Ўзбекистон Республикасининг фуқаро авиациясини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» ПФ-5584-сон Фармонини амалга ошириш доирасида хусусийлаштириш жараёнларига салоҳиятли инвесторлар жалб этилишини, шу жумладан транспорт корхоналари устав капиталидаги давлат улуши ва активларини уларга сотиш орқали эксперт баҳолашни амалга ошириш, шу асосда транспорт паркининг модернизация қилиниши ва янгиланишини таъминлаш;

транспорт ва транспорт коммуникациялари соҳасидаги корхоналарда корпоратив бошқарувнинг замонавий усулларини жорий этишни ташкил этиш, ишлаб чиқариш, инвестиция, моддий-техника, молиявий ва меҳнат ресурсларидан фойдаланиш самарадорлигини ошириш;

транспорт ва транспорт коммуникациялари соҳасида ёқилғи-энергетика ресурсларини тежашга доир ташкилий-техник тадбирлар ва энергия сарфини камайтириш тармоқ дастурини ишлаб чиқиш ва амалга ошириш ишларини мувофиқлаштириш;

транспорт ва транспорт коммуникациялари соҳасида ҳусусий мулк, кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ишончли ҳимоя қилишни таъминлаш, уларни жадал ривожлантириш йўлидаги тўсиқларни бартараф этиш чора-тадбирлари дастурининг амалга оширилиши мониторингини таъминлаш ва таҳлил қилиш;

«Автомобиль йўллари тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига мувофиқ автомобиль йўлларини ривожлантириш давлат дастурлари ишлаб чиқилишини ва амалга оширилишини ташкил этиш, шу жумладан автомобиль йўлларини қуриш, реконструкция қилиш, таъмирлаш ва сақлаш сифати назорат қилинишини, автомобиль йўлларини ривожлантириш давлат дастурларининг бажарилиши учун энергия ресурслари билан таъминлашни, шунингдек, йўл ишлари молиялаштирилишини мувофиқлаштириш;

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил
9 декабрдаги «Ўзбекистон Республикаси йўл хўжалиги тизимини чуқур ислоҳ қилиш чора-тадбирлари тўғрисида» ПФ-5890-сон Фармонига ҳамда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 9 декабрдаги «Йўл соҳасини бошқариш тизимини янада такомиллаштиришга оид чора-тадбирлар тўғрисида» ПҚ-4545-сон қарорини мувофиқ Йўл хўжалигини бошқаришнинг замонавий тизимини яратиш, назорат ва хўжалик функцияларини аниқ чегаралаш, монополиядан чиқариш, хусусий сектор корхоналарини жалб қилиш ва инвестицион жозибадорликни ошириш ҳисобига соғлом рақобат муҳитини шакллантириш, йўл қурилишига инновацияларни кенг жорий этиш чораларин кўриш;

д) қурилиш соҳасида:

Ўзбекистон Республикасининг Шаҳарсозлик кодекси доирасида амалга ошириладиган шаҳарсозлик ва шаҳарсозлик фаолияти, шунингдек, капитал курилиш ва пудрат ишлари дастурлари соҳасида ислоҳотлар ва сиёсатнинг амалга оширилиши тизимли ва комплекс ўрганилишини ташкил этиш;

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил
14 ноябрдаги «Қурилиш соҳасини давлат томонидан тартибга солишни такомиллаштириш қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида» ПФ-5577-сон ва 2020 йил 13 мартдаги «Ўзбекистон Республикасининг қурилиш соҳасида ислоҳотларни чуқурлаштиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида» ПФ-5963-сон Фармонларига мувофиқ шаҳарсозлик фаолиятида ва капитал қурилишда, шунингдек, муҳим объектлар, шу жумладан ижтимоий соҳа, уй-жой ва инфратузилма объектлари қурилишида пудрат ишларини ташкил этиш соҳасида мониторингни таъминлаш, ишлар ҳолатини ва жорий аҳволни таҳлил килиш;

шаҳарсозлик фаолиятини ривожлантириш масалалари ва капитал қурилиш соҳасида ислоҳотларни чуқурлаштириш масалалари бўйича Ўзбекистон Республикаси қонунлари, Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармонлари, қарорлари ва фармойишлари, баённомалари ва топшириқларининг, «йўл хариталари», Вазирлар Маҳкамасининг қарорлари ва фармойишлари бажарилиши бўйича давлат ва хўжалик бошқаруви органлари, маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органлари фаолиятининг самарали мувофиқлаштирилишини таъминлаш;

қурилиш комплексини бошқариш тузилмасини такомиллаштириш, капитал қурилишда бошқарув тизимига ва хўжалик муносабатларига бозор принциплари ва механизмларини кенг жорий этиш, арзон уй-жойлар қуриш бўйича таклифлар ишлаб чиқиш;

шаҳарсозлик фаолияти ва капитал қурилишнинг норматив-техник ва ахборот базасини янгилаш ва такомиллаштириш, шунингдек, лойиҳалаштириш ва қурилиш-монтаж ишларининг замонавий усулларини жорий этиш ишларини ташкил қилиш;

объектларнинг шаҳарсозлик ҳужжатлари лойиҳаларини тайёрлаш даражасини ошириш, шакллантириш, кўриб чиқиш ва тасдиқлаш тартибини такомиллаштиришни таъминлаш;

лойиҳа-қидирув ва қурилиш-монтаж ишларини бажариш юзасидан буюртмаларни жойлаштиришда янги самарали механизмларни жорий этиш ва танлов савдолари ўтказиш даражасини ошириш, шунингдек, шартномавий муносабатларнинг ролини кучайтириш;

шаҳарларда ва қишлоқ жойларда намунавий лойиҳалар бўйича уй-жой қуриш дастурий ҳужжатларини амалга ошириш ишларини мувофиқлаштириш;

инновация технологияларини ва монтажнинг илғор тизимларини жорий этиш, шунингдек, ихтисослаштирилган қурилиш-монтаж ишларини саноатлаштириш ва замонавий ахборот-коммуникация технологияларини қўллаш асосида уларни ташкил этишни такомиллаштириш йўли билан махсус ва қурилиш-монтаж ишларини ташкил этиш даражасини оширишга доир чора-тадбирларнинг бажарилишини таҳлил килиш;

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 10 январдаги «Урбанизация жараёнларини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» ПФ-5623-сон Фармони доирасида йирик ихтисослаштирилган қурилиш пудрат ташкилотларини шакллантириш дастурини амалга ошириш ҳамда қурилиш-пудрат ташкилотларининг реестрини юритиш ишларини мувофиқлаштириш;

хусусийлаштириш жараёнларига салоҳиятли инвесторлар жалб этилишини, шу жумладан пудрат ташкилотлари устав капиталидаги давлат улуши ва активларини салоҳиятли инвесторларга сотиш йўли билан чуқур ўрганиш ҳамда эксперт баҳолашни амалга ошириш;

пудрат ташкилотларида корпоратив бошқарувнинг замонавий методлари жорий қилинишини ташкил этиш, ишлаб чиқариш, моддий-техника, молия ва меҳнат ресурсларидан фойдаланиш самарадорлигини ошириш;

капитал қурилиш соҳасида ёқилғи-энергетика ресурсларини тежашга доир ташкилий-техник тадбирлар ва энергия сарфини камайтириш тармоқ дастурини ишлаб чиқиш ва амалга ошириш ишларини мувофиқлаштириш;

Капитал қурилиш ва архитектура соҳасида хусусий мулк, кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ишончли ҳимоя қилишни таъминлаш, уларни жадал ривожлантириш йўлидаги тўсиқларни бартараф этиш чора-тадбирлари дастури амалга оширилиши мониторингини таъминлаш ва таҳлил қилиш;

ваколатли давлат органларини жалб қилган ҳолда, объектларнинг лойиҳа-смета ҳужжатларини сифатли тайёрлаш ва аҳоли пунктларининг шаҳарсозлик ҳужжатларини ишлаб чиқишга доир лойиҳа-қидирув ташкилотларининг фаолияти мониторинги олиб борилишини ва назорат қилинишини ташкил этиш;

манфаатдор ташкилот ва идораларни жалб қилган ҳолда, шаҳарсозлик ечимларининг самарадорлигини ошириш, аҳоли пунктлари бош режаларининг асосий параметрларини ўз вақтида ва сифатли амалга ошириш юзасидан таклифлар ишлаб чиқилишини ташкил этиш;

белгиланган талаблар бузилган ҳолда амалга оширилаётган шаҳарсозлик фаолиятини белгиланган тартибда чеклаш, тўхтатиб туриш ёки тақиқлаш чораларини кўриш;

шаҳарсозлик субъектлари томонидан шаҳарсозлик тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузган ҳолда объектларни қуриш, реконструкция қилиш ва мукаммал таъмирлашнинг амалга оширилишига йўл қўймаслик чораларини кўриш;

объектларни қуриш, реконструкция қилиш ва мукаммал таъмирлашда техник шартлар ва регламентларга риоя этилиши, буюртмачилар (қурувчилар) томонидан лойиҳалаштириш, қурилиш сифати юзасидан техник назорат, шунингдек, муаллифлик назорати амалга оширилиши ҳолатини ўрганиш;

ваколатли давлат органлари томонидан архитектура ва қурилиш соҳасида рухсат берувчи тартиб-таомилларни амалга оширишнинг белгиланган тартибига риоя этилиши юзасидан назоратни таъминлаш;

ноқонуний қурилишнинг, шаҳарсозлик фаолиятини амалга ошириш учун ажратилган ер участкаларидан мақсадсиз фойдаланишнинг олдини олиш ва уларга йўл қўймаслик юзасидан аниқ чора-тадбирларни амалга ошириш;

қурилиш-монтаж ишлари ва зарур архитектура-қурилиш назорати сифати юзасидан қурилиш, реконструкция қилиш ва мукаммал таъмирлаш объектларининг тизимли мониторингини амалга ошириш;

қурилишда илғор технологиялар ва замонавий маҳаллий қурилиш материалларидан фойдаланган ҳолда, янги конструктив ечимлар қўлланилишини ўрганиш ва таҳлил қилиш, қурилишнинг юқори сифатини ва таннархини пасайтиришни таъминлашга йўналтирилган чора-тадбирларнинг самарадорлигини ошириш юзасидан таклифлар киритиш;

ишлаб чиқарувчилар томонидан қурилиш материаллари, конструкциялар ва буюмларни ишлаб чиқаришда техник жиҳатдан тартибга солиш соҳасидаги норматив ҳужжатлар талабларига риоя этилишини ўрганиш;

қурилиш индустриясини ва қурилиш материаллари саноатини ривожлантириш соҳасида Ўзбекистон Республикаси қонунлари, Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармонлари, қарорлари ва фармойишлари, баённомалари ва топшириқларининг, «йўл хариталари», Вазирлар Маҳкамасининг қарорлари ва фармойишлари бажарилиши бўйича давлат ва хўжалик бошқаруви органлари, маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органлари фаолияти самарали мувофиқлаштирилишини таъминлаш;

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 23 майдаги «Қурилиш материаллари саноатини жадал ривожлантиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида» ПҚ-4335-сон қарорига мувофиқ республикамизда рақобатбардош маҳсулотларни ишлаб чиқариш ва экспорт қилиш бўйича барқарор ўсиш суръатларини таъминлаш, шунингдек, корхоналарни модернизация қилиш, техник ва технологик янгилашга қаратилган қурилиш материаллари саноатидаги таркибий ўзгартиришларни янада чуқурлаштириш юзасидан тизимли ишларни амалга ошириш, шунингдек, қурилиш индустрияси ва қурилиш материаллари саноатини янада ривожлантириш мақсадида тармоқни жадал ривожлантириш ва диверсификация қилиш учун қулай шарт-шароитлар яратиш, маҳаллий минерал хом ашё ресурсларини қайта ишлашга инвестицияларни жалб қилиш ва қурилиш материалларини экспорт қилиш ҳажмларини ошириш;

қурилиш материалларининг илғор турларини ишлаб чиқаришни ўзлаштириш, қурилиш индустрияси корхоналарида замонавий технологияларни жорий этиш бўйича таклифлар ишлаб чиқиш;

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил
22 августдаги «Иқтисодиёт тармоқлари ва ижтимоий соҳанинг энергия самарадорлигини ошириш, энергия тежовчи технологияларни жорий этиш ва қайта тикланувчи энергия манбаларини ривожлантиришнинг тезкор чора-тадбирлари тўғрисида» ПҚ-4422-сон қарорларига мувофиқ қурилиш индустрияси корхоналарида ёқилғи-энергетика ресурсларини тежашга доир ташкилий-техник тадбирлар ва энергия сарфини камайтириш тармоқ дастурини ишлаб чиқиш ва амалга ошириш ишларини мувофиқлаштириш;

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил                              9 январдаги «Ўзбекистон Республикасининг 2020-2022 йилларга мўлжалланган Инвестиция дастурини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида» ПҚ-4563-сон қарорига мувофиқ қурилиш индустриясини янада модернизациялаш ва диверсификациялаш, биринчи навбатда, ташқи бозорларда рақобатбардош, экспортбоп ва импорт ўрнини босадиган тайёр маҳсулотлар турларини маҳаллий хом ашёни чуқур қайта ишлаш негизида ишлаб чиқаришни кенгайтириш, уларнинг ҳажмларини кўпайтириш, экспорт номенклатураси ва географиясини кенгайтириш ишларини ташкил этиш;

тасарруфидаги котибият ва тегишли ташкилот ҳамда муассасаларда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 31 майдаги «ijro.gov.uz» ижро интизоми идоралараро ягона электрон тизими самарали фаолият кўрсатишини таъминлашга қаратилган қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги  ПҚ-5132-сонли қарори, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1999 йил 12 январдаги “Ижро интизомини мустаҳкамлаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 12-сонли ҳамда 1999 йил 29 мартдаги “Ўзбекистон Республикаси давлат ҳокимияти ва бошқарув органларида иш юритиш ва ижро назоратини ташкил этиш бўйича норматив хужжатларни тасдиқлаш ҳақида”ги 140-сонли қарорларининг талаблари асосида иш ташкил этиш ва ижро интизомини мустаҳкамлаш

ўз йўналишига тааллуқли муаммоли масалаларни ҳал этиш ҳамда соҳаларини ривожлантиришнинг истиқболли вазифаларини амалга ошириш юзасидан таклифлар ва аниқ чора-тадбирларни ишлаб чиқиш ҳамда ҳокимга тақдим этиб бориш;

жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатларини “Жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига мувофиқ кўриб чиқиш;

қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа вазифаларни ҳам бажаради.

  1. Қуйидагиларнинг иш фаолиятини ташкил этади:

ўта муҳим ва тоифаланган иншоотларнинг хавфсизлигини таъминлашни ташкил этилишини назорат қилувчи ҳудудий идоралараро вилоят комиссияси;

вилоят ёқилғи-энергетика ресурсларини тежаш комиссияси;

маҳаллий хомашё негизида тайёр маҳсулотлар, бутловчи буюмлар ва материаллар ишлаб чиқаришни маҳаллийлаштириш дастурини амалга оширишни таъминлаш бўйича махсус комиссия;

автотранспорт соҳасини бошқариш ва йўловчилар ташишни
ташкил қилиш бўйича вилоят комиссияси;

капитал қурилишда доимий фаолият кўрсатувчи танлов савдоларини ўтказиш бўйича вилоят комиссияси;

қишлоқ жойларда “тайёр ҳолда топшириш” шартлари асосида янгиланган намунавий лойиҳалар бўйича арзон уй-жойлар қуриш учун пудратчи ташкилотларни аниқлаш юзасидан танлов савдоларини ўтказиш бўйича вилоят комиссияси;

вилоят ҳокимлиги ҳузуридаги ёнғин хавфсизлиги бўйича комиссия;

кўчмас мулкка нисбатан ҳуқуқни эътироф этиш ишларини ташкил этиш бўйича вилоят комиссияси;

қонун ҳужжатларига мувофиқ ташкил этиладиган бошқа ҳудудий комиссиялар ва кенгашлар.

  1. Қуйидаги ташкилот, муассаса ва корхоналарнинг вилоят ҳокимлиги билан ўзаро фаолиятини мувофиқлаштириб боради:

вилоят қурилиш бош бошқармаси;

Давлат архитектура ва қурилиш назорати инспекцияси вилоят бўлими;

 “Ўзбектелеком” акциядорлик жамияти вилоят филиали;

“Ягона буюртмачи хизмати” инжиниринг компанияси;

“Қишлоқ қурилиш инвест” МЧЖ инжиниринг компанияси вилоят филиали;

вилоят уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш бошқармаси;

вилоят газ таъминоти бошқармаси;

“Сирдарё ҳудудий электр тармоқлари” акциядорлик жамияти;

вилоят транспорт бошқармаси;

қурилишда танлов савдолари ва нархларни шакллантириш вилоят ҳудудий консалтинг маркази;

вилоят автобил йўллари бош бошқармаси;

“Ўздавнефтгазинспекция”нинг вилоят бўлими;

“Ўздавэнергоназорат” инспекцияси вилоят бўлими;

“Саноатгеоконтехназорат” инспекцияси вилоят бўлими;

вилоят экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш бошқармаси;

қора ва рангли металлар тайёрловчи корхоналар;

қурилиш индустрияси корхоналари;

қурилиш-монтаж пудрат ташкилотлари;

лойиҳалаш муассасалари;

транспорт ташкилотлари;

коммунал хўжалик тизими корхоналари;

вилоят “Сувоқова” давлат унитар корхонаси;

хусусий уй-жой мулкдорлари ширкатлари уюшмаси;

“Тоза ҳудуд” давлат унитар корхонаси вилоят бўлими.

 

Viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho‘basi mudiri
Viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho‘basi mudiri
Xodjiyev Subanjon Azamkulovich
Telefon :
(67) 235-09-07
Qabul :
Dushanba-juma 09:00 dan 11:00 gacha
Sirdaryo viloyati hokimligi turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudiri
Sirdaryo viloyati hokimligi turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudiri
Mamatov Husniddin Holmamatovich
Telefon :
(67) 225-86-33
Qabul :
Dushanba-juma 09:00 dan 11:00 gacha
Tadbirlar taqvimi
Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish