Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat rahbari Shirin shahrida bo‘ldi

Erkinjon Turdimovning aholi yashash sharoitlari hamda hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi bilan tanishuvining navbatdagi manzili Shirin shahri bo‘ldi.

Dastlab, shaharning Vatanparvar mahallasida joylashgan harbiy qismlarda xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, hududda joylashgan Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida bo‘lib, mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib chiqdi.

Korxona rahbariyati tomonidan 2024-yilda mahalliylashtirish dasturi rejasi 223 foizga bajarilib, 2,6 milliard so‘mdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarilganligi bildirildi. Hozirda tizim korxonalari uchun yana 16 ta mahsulot turi bo‘yicha 2,4 milliard so‘mlik mahalliylashtirish yo‘nalishidagi ishlar olib borilayotganligi maʼlum qilindi.

Ehtiyot qismlarning sifat darajasi hamda ish samaradorligini oshirish borasida qator maslahatlar berildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish