

Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy holat hamda aholining yashash tarzi bilan yaqindan tanishish asnosida ushbu hududlardagi "tegsang to‘kilaman" degan 2 qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholi vakillari bilan uchrashib, ular muammolarini tingladi.
– To‘rt yildan buyon shu xonadonda yashayman, – deydi Lyubov Semyonova. – Zax ko‘tarilgan, devorlar nuragan. Bilmayman uy tagida nima borligini. Ammo o‘zimniki qo‘yaturing, nabiralarim kunda kasal. Qo‘shnilarimda ham shu ahvol.
Achinarli tomoni, suv, kanalizatsiya muammosi yillar davomida ushbu mahallalar aholisini qiynab keldi. Eng yomoni, muammo muammoligicha qolib, shu kungacha sir saqlandi. Bunga o‘xshash holat shaharning Navbahor mahallasi hududida joylashgan 45 ta ikki qavatli uyda ham mavjud.
– Mana hokim bobo bilan gaplashdik. Sayqal va Navbahor mahallasidagi uylarni qanday qilsak, to‘g‘ri bo‘ladi, deb so‘radi. Kanalizatsiya masalasini ham hozir o‘ylab ko‘ramiz. Endi bu uylarning hammasidan voz kechish kerak. Chunki zax bo‘lgandan keyin kasalchilik bo‘ladi, boshqa narsa bo‘ladi. Uning ustiga kanalizatsiya ishlamayotgan bo‘lsa. Shuning uchun uy qurib, ko‘chirishimiz kerak. To‘g‘ri, bu ishlar birdan bo‘lmaydi. Buni hal etish uchun dastur ishlab chiqib, u asosda ish olib boramiz, - dedi viloyatning yangi hokimi.
Olingan maʼlumotlarga ko‘ra endilikda ushbu uy-joylar o‘rniga renovatsiya asosida 7-9 qavatli zamonaviy turarjoy majmualari qurilishi rejalashtirilmoqda.Natijada aholining yashash sharoiti yaxshilanadi, xizmat ko‘rsatish va servis obyektlari tashkil etilib, xizmatlar hajmi ortadi. Yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning o‘rganishlari davom etmoqda.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi