Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
Noqonuniy o‘rnatilgan reklama vositalari olib tashlandi

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi "Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi qonunida ko‘rsatib o‘tilgan va belgilab berilgan talablar asosida Sirdaryo tumanida tashqi reklama va ijtimoiy axborotni joylashtirishning holati, tashqi reklama qurilmalarining qonun talabiga muvofiqligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tadbirkorlarga savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarini davlat tilida  milliy qadriyatlarga mos nomlash va tashqi reklama, peshlavha, eʼlonlar matnlarida davlat tili ustuvor bo‘lishi kerakligi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablari tushuntirildi, shuningdek, yo‘llarning qatnov qismida (qonun talablariga zid ravishda) turgan yoki maʼnan eskirgan hamda yaroqsiz holga kelib qolgan targ‘ibot vositalari olib tashlandi.

Bunday tadbir Oqoltin tumanida ham o‘tkazilib, tashqi reklamalarni o‘rnatish va yozilish tartibi to‘g‘risida tadbirkorlarga – savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari rahbar xodimlariga qo‘shimcha tushuntirishlar berildi.

 

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish