Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi 
Bugun 22-yanvar kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Pokiza Axmedjanova olib bordi.

Keyingi yillarda hududda qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholining ijtimoiy sharoitlarini yuksaltirish va boshqa yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama etilib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi.

Kun tartibiga muvofiq tashkiliy masala ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga asosan Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish