Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan o‘tgan 2024-yilda 3 659 nafar fuqaroga  yordam ko‘ratilgan  

Viloyatda 2024-yil davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan 3 659 nafar fuqaroga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 4 mlrd 838 million 500 ming so‘mlik turli ko‘rinishdagi yordamlar ko‘rsatildi.

Shundan: 
● davolanish uchun 1 mlrd 14 mln 900 ming;
● dori-darmon vositalari uchun 2 mlrd 570 mln 500 ming;
● kam ta’minlangan oilalarning ijara to‘lovlari uchun 600 ming;
● kommunal to‘lovlari harajatlari uchun 8 mln 300 ming;
● kiyim-kechak uchun 865 mln 6 ming;
● ko‘mir bilan ta’minlash uchun 38 mln 100 ming so‘m;
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun 55 mln 700 ming;
ta’mirlash va moslashtirish harajatlar 284,7 mln 700 ming so‘m ajratilgan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish